Informatika — axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, o`nga ishlov berish, uzatish usullarini, ya'ni axboriy jarayonlarni va axborot texnologiyalari vositalarining faoliyat ko’rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistemali ravishda o`rganuvchi fandir.
Ushbu ta'rifdan ko`rinib turibdiki, informatika qo`yidagi savollarga javob beradi:
I. Axborotni qanday qabul qilish va saqlash kerak?
II. Axborotga qanday ishlov berish va qanday qilib inson uchun qo’lay ko’rinishga keltirish kerak?
III. Axborot texnologiyalarini yuqori samara bilan qanday ishlatish mumkin?
IV. Yangi axborot texnologiyalari vositalarini yaratish uchun boshqa fan yutuqlaridan qanday foydalanish kerak?
V. Dasturlar yordamida texnik vositalarni qanday boshqarish kerak?
Kompyuter (inglizcha kompyuter – “hisoblovchi” ma’nosini bildiradi)ning yaratilishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlab chiqarish texnologiyalarini tubdan o’zgartirish imkoniyatini beradi. Bu esa o’z navbatida zamonaviy hisoblash texnikasidan unumli foydalanishga va informatika fanini mukammal o’rganishga chorlaydi.
IBM PC kompyuterning asosiy qurilmalari
Dastlabki EHM larning yratilishi davrida, mashxur matematik Jon fon Neyman 1945 yildayoq kompyuter qurilmalari ma`lumotlarni qayta ishlash uchun qanday tarzda unversial va maqbul bo`lishi kerakligi aytib o`tgan edi. Shu bois kompyuter tuzilishining asoslari fon Neyman prinsipi deb yuritiladi. Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlar mazkur prinsp asosida ishlaydi. Fon Neyman prinsipiga ko`ra kompyuter quyidagi qurillmalardan tashkil topgan bo`lishi lozim(1-rasm):
Arifmetik-mantiqiy qurilma - arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi.
Boshqarish qurilmasi – dastur bajarilish jarayonini tashkil qiladi.
Yodda saqlash qurilmasi yoki joriy xotira – ma`lumot yoki dasturlarni o`zida saqlaydi.
Tashqi qurilmalar – ma`lumotlarni kiritish va chiqarishni ta`minlaydi.
IBM PC kompyuteri quyidagi uchta asosiy qismidan:
Do'stlaringiz bilan baham: |