Ma'ruza №21. Triggerlar asosida yig’ilgan xisoblagichlar va ularning sxemalari
Download 54.99 Kb.
|
6- Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayiruvchi hisoblagichlar
- Ixtiyoriy sanoq moduliga ega bolgan ketma-ketli hisoblagichlar
21.2-rasm. Ketma-ket uzatishli dinamik D-triggerlarda bajarilgan uchrazryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi.
Ketma-ket keluvchi har razryad holatining o'zgarishi avvalgi razryadni 1 dan 0 ga o'zgarishi bilan amalga oshiriladi, ya’ni boshqaruv impulsining kesimi bilan. Bu esa trigger qisqa vaqt mobaynida qayta ulanishi mumkinligini anglatadi. Ayiruvchi hisoblagichlar. Ketma-ketli ayiruvchi hisoblagichlarda navbatdagi sanoq impulsi kelishi bilan, hisoblagichdagi son bittaga ka-mayadi. Bu hisoblagichlarda birinchi impuls kelishi bilan maksimal ikkilik son (uchrazryadli hisoblagichda Q1 =Q2= Q3=0) yoziladi, keyin har yangi impuls kelishi bilan 0 qiymatgacha kamayib boradi. 6.1-rasmda keltirilgan hisoblagich ayiruvchi bo'lib ishlashi mumkin. Buning uchun keyingi triggerlarning C kirishi o'zidan avvalgi triggerning invers chiqishlariga ulash, S asinxron kirishni esa biror bosh-lanqich sonni o'rnatish uchun ishlatish kerak. Agar trigger 6.2-rasmda keltirilganidek, kirish impulsining kesimi bilan boshqarilsa, ayiruvchi hisoblagich sxemasini tuzishda keyingi ke-luvchi trigger kirishi avvalgi triggerning to'gʻri (noinvers) chiqishi bilan ulanadi. Ixtiyoriy sanoq moduliga ega bo'lgan ketma-ketli hisoblagichlar. Umuman olganda, K≠2n bo'lgan hisoblagichlar tuzishda, mos keluvchi ikkilik hisoblagich sxemasiga ortiqcha holatlarni bartaraf etuvchi teskari aloqa kiritiladi. Masalan, sanoq moduli 3 ga teng boʻlgan hisoblagich tuzish uchun ikki razryadli ikkilik hisoblagich (K=22=4) qo'llash kerak. Unda ikkilik soni 11 ga teng bo'lgan bitta ortiqcha holatni (K=22-1=3) bartaraf etish mumkin, ya’ni triggerlar to'rtinchi emas, uchinchi impuls kelishi bilan nolga o'tishi kerak. Bunday sxemalarni tuzish uchun JK-triggerlar qulay hisoblanadi. Ikkita JK-triggerlarida bajarilgan, sanoq moduli 3 ga teng boʻlgan hisoblagich sxemasi 6.3-rasmda keltirilgan. Ketma-ketli hisoblagichlarni JK-triggerlarini kiritib turlicha ulash yor-damida ixtiyoriy K sonini hosil qilish mumkin. Download 54.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling