Ma’ruza №23 Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish qonuniyatlari Tayanch iboralar


Download 47.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi47.47 Kb.
#1840047
  1   2   3   4
Bog'liq
Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish qonuniyatlari



Ma’ruza №23 
Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish qonuniyatlari 
 
Tayanch iboralar: elektrpech, elektrqizdirish, shinalar, drossel, transformator, elektrod, 
qarshilik, yoy, induksion pech, dielektrik qizdirish, yondirgich, kondensator, katod, anod, magnit 
linza, elektron, plazma, induktor, dielektrik, induksiya, shixta, eritma, gorn, shlak, metall, vanna, 
maydon, elektrolit, elektrod, temir o‘zak, amplituda, transformator. 
 
Reja: 1. Elektr qizdirish bo‘yicha asosiy tushunchalar. Elektr pechlarning avfzalliklari.
2. Elektr qizdirishning asosiy texnik va iqtisodiy ko‘rsatgichlari. Elektr energiyaning 
solishtirma sarflanishi.
3. Qarshilik orqali elektr qizdirish jarayoni. 
 
Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish hisobiga qizdiriladigan pechlar 
elektropechlar deyiladi. 
Pechlarni qizdirish uchun elektr energiyasidan foydalanish XX asrga, ya’ni elektr 
energiyasini ulkan miqiyosda ishlab chiqarishga erishilgandan so‘ng qo‘llanila boshlandi. Elektr 
qizdirishda elektr energiyasi juda ko‘p miqdorda sarf bo‘lishiga qaramasdan elektropechlar 
texnikaning turli sohalarida tez va ko‘plab qo‘llanila boshladi. 
Metallurgiyada elektropechlar katta ahamiyatga ega bo‘lib, ba’zi metallurgik 
korxonalarda asosiy turdagi pechlar bo‘lib hisoblanadi. 
Jumladan qora metallurgiyada elektr qizdirish po‘lat, ferra qotishma ishlab chiqarishda va 
cho‘yan eritishda keng qo‘llaniladi. Rangli metallurgiyada elektr qizdirish dastavval qotishmalar 
ishlab chiqarishda va metallarni turli xil aralashmalardan tozalashda qo‘llanilar edi. Keyinchalik 
esa rangli metallarni ishlab chiqarishda ruda xom - ashyosini va shlakni qayta ishlashda 
qo‘llanila boshlandi. Elektr qizdirish metall quyishda va ularga ishlov berishda keng qo‘llaniladi. 
Elektropechlarni bu qadar keng qo‘llanilishning bir qancha afzalliklari mavjud bo‘lib, 
ularning asosiylariga quyidagilar kiradi: 
1. Kichik hajmdagi pechlarda yuqori quvvatda ishlash va juda yuqori haroratga (3000
°
С 
undan ortiq) erishish mumkinligi. 
2. Pechning ishchi hajmida mahsulotni erish ko‘rsatgichlarini va haroratni taqsimlanishni 
boshqarish mumkinligi
3. Ish joyini tozaligi, yoqilg‘i chiqindilari, gazlar va turli xil aralashmalardan xoliligi; 
4. Ishchi agregatni zich berkitish va unda vakuum yoki himoya qatlamini hosil qilish 
mumkinligi; 
5. Metallni shlak, chang, gazlar va quyindilar bilan isrof bo‘lishini kamligi; 
6. Issiqlikni foydali ish koeffitsienti yuqoriligi (70- 85 % ga etadi). 
7. Gazlarni va changlarni kam miqdorda hosil bo‘lishi; 
8. Jarayonni kompleks mexanizatsiyalanishni va avtomatlashtirishni katta imkoniyatlarini 
kattaligi; 
9. Ish joyida yuqori tozalik va estetik madaniyat mavjudligi; 
Elektropechlar bundan tashqari bir qancha kamchiliklarga ham ega, ularga; 
1. Boshqa halq xo‘jaligi tarmoqlariga qaraganda elektr energiyani juda ko‘p talab 
qilinishi; 
2. Bir qancha turdagi elektropechlar uchun ishlab chiqarishni unumdorligi va quvvatni 
konstruksion cheklanganligi. 


Elektrostansiyalarni quvvatini va sonini o‘sishi, elektr energiya narxini ortib borishi va 
x.z.
Metallurgik pechlarda elektr qizdirishni qo‘llash quyidagi sharoitlarda qo‘llash maqsadga 
muvofiq bo‘ladi: 
1. Zavod joylashgan rayonlarda yuqori sifatli uglerodli yoqilg‘ilarni, ayniqsa neft yoki 
gazni yo‘qligi; 
2. Ushbu rayonda arzon narxli elektr energiyasini mavjudligi; 
3. Elektropechlarni talabini qondirish oqibati qo‘shni korxonalarni elektr ta’minotiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik.
Metallurgik pechlarda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga turli xil usularda o‘tadi. 
Hozirgi vaqtda qo‘lanilayotgan elektropechlarni energiyani bir turdan ikkinchisiga o‘tkazishiga 
asosan oltita guruhga ajratish mumkin (23.1-rasm). 
I. Qarshilikni elektropechlar – bunda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga elektrzanjirga 
ulangan qattiq yoki suyuq qarshilik hisobiga amalga oshadi. 
1. Bilvosita ishlaydigan pechlar – bunda elektrozanjirga alohida ulangan maxsus qarshilik 
ishchi hajmidagi materialni qizdiradi.
2. Bevosita – bunda elektr energiya qayta ishlanayotgan materialdan o‘tadi va uning 
qarshiligi hisobiga issiqlik ajraladi.
II. Elektro yoyli pechlar – bunda gazli muhitda maxsus elektrodlarda elektr yoylarda 
issiqlik energiyasiga aylanadi.
1. elektro yoy elektrodlar orasida yonadigan va issiqlik qizdiriladigan materialga asosan 
nurlanish orqali beriladi; 
2. Elektro yoy elektrodlar bilan qizdiriralayotgan material o‘rtasida amalga oshib 
qizdiradi.
 
23.1- rasm. Sanoat pechlarini elektr qizdirish sxemalari. 
III. Aralash qizdiriladigan pechlar (elektro yoydan qarishilik) – ya’ni rudno termik 
pechlar;
IV. Induksion pechlar – bunda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga, tez o‘zgaruvchan 
magnit maydonida joylashgan qattiq, yoki suyuq jismda o‘tish natijasida amalga oshadi. 
V. yangi elektr qizdirish bilan ishlaydigan pechlar; 
1. Elektron - nur qizdirishli pechlar; 


2. Plazmali gorelka bilan ishlaydigan pechlar. 

Download 47.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling