Ma’ruza №23 Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish qonuniyatlari Tayanch iboralar


Elektr qarshilik hisobiga qizdirish


Download 47.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi47.47 Kb.
#1840047
1   2   3   4
Bog'liq
Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish qonuniyatlari

 
Elektr qarshilik hisobiga qizdirish. 
Qarshilik hisobiga qizdirishning bir nechta turi mavjud. Metallurgik issiqlik texnikasida katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan va keng tarqalganlardan bilvosita qizdirish hisoblanadi. Pechlarning 
ishchi yuzasidagi haroratga qarab ular, past haroratli 100-700°C, o‘rta haroratli - 1200°C va 
yuqori haroratli 1200-2000°C bo‘ladi. 
Qarshilik hisobiga qizdirish materiallarni quritish va kuydirish, metall va qotishmalarga 
termik ishlov berishda; qo‘rg‘oshin, ruh, qalay, alyuminiy, magniy va ularning qotishmalarini 
eritishda keng qo‘laniladi.
Elektr qarshilikli pechlarda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga maxsus tayyorlangan 
qarshiliklar yordamida amalga oshirilib undan chiqarayotgan issiqlik miqdori Joul-Lens 
qonuniga asosan quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
Q = 0,00024 

IR 
bu erda: I - tok kuchi, A 
R - o‘tkazgichning qarshiligi, Om 
τ vaqt, s. 
Formuladan ko‘rinib turibdiki, ajralayotgan issiqlik miqdori asosan tok kuchi bilan 
o‘tkazgichning qarshiligiga bog‘liq. 
 
Elektr yoyli qizdirgichlar 
Elektr yoyli qizdirgichlar yuqori haroratli va katta quvvatli elektr pechlar jumlasiga kirib, 
turli materiallarni eritishda qo‘llaniladi. Quyidagi rasmda yoyli elektr qizdirish usullari va
ularning ishlash sxemasi ko‘rsatilgan. (23.2 - rasm). 
 
23.2 - rasm. Yoyli qizdirish usullari: a - to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi ochiq yoyli;
b - to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi yopiq yoyli; d - bilvosita ta’sir etuvchi betaraf yoyli. 
 
Aralash elektr qizdirgichlar 
Aralash elektr qizdirgichlarda issiqlik energiyasi bir vaqtning o‘zida shixta yoki eritma 
qatlamida joylashgan qarshilikli va yoyli qizdirgichlar hisobga ajraladi (23.3 - rasm).
Aralash elektr qizdirgichlar ferroqotishmalarni va cho‘yan eritishda, rangli metallurgiyada 
hamda kimyo sanoatining chala mahsulotlarini eritadigan rudno termik pechlarda keng 
qo‘llaniladi. 


 
23.3 - rasm. Aralash elektr qizdirish sxemasi

Bunday elektr qizdirgichlardan ajralib chiqayotgan umumiy issiqlik miqdori (yoy beradigan 
issiqlik Q
yoy
hamda shixta Q
shixta
, shlak Q
shlak
va metall Q
metall
)
ning qarshiligi hisobiga ajralib 
chiqayotgan issiqlik miqdorlari yig‘indisidan iborat. 
Q
umum
= Q
yoy
+ Q
shixta
+ Q
shlak
+ Q 
metal
Rangli metallurgiyada rudno termik pechlarning ahamiyati katta. Bu pechlar elektrodlar bilan 
ta’minlangan bo‘lib, ular shixtaga chuqur botirilgan. Natijada elektr qizdirish aralash holda
ya’ni elektr yoydan va shlak qarshiligidan ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasi hisobiga 
ishlaydi. 

Download 47.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling