Ma’ruza 3 3-mavzu. Inshootlarni harakatlanuvchi yuklarga hisoblash reja


Download 18.11 Kb.
bet4/6
Sana15.12.2022
Hajmi18.11 Kb.
#1007915
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma’ruza 3 3-mavzu. Inshootlarni harakatlanuvchi yuklarga hisobla-fayllar.org

KOʼP ORALIQLI SHARNIRLI BALKALAR.
Sharnirlar bilan bogʼlangan bir qancha bir oraliqli (konsolli va konsolsiz) balkalardan tashkil topgan statik aniq oʼzgarmas sistemaga koʼp oraliqli statik aniq balka yoki koʼp oraliqli sharnirli balka deyiladi. Bunday balkalar hisobi 1981 yilda inj. Selikolenov tomonidan ishlab chiqilgan. Iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda koʼp oraliqli statik aniq balkalardan foydalanish alohida bir oraliqli balkalarga nisbatan afzallikka ega. Buni quyidagi oddiy misolda koʼrsatish mumkin.
Ikkita, uzunligi l =10 m qoʼshni proletlarni qoplash uchun avval alohida balkalardan foydalanamiz. Balkalarga teng tarqalgan q =2 t⁄m kuch taʼsir etadi. Har bir prolletning oʼrtasidagi eguvchi moment Mo =⁄ 8=2x102 =25t/m Egiluvchi momentlar epyurasida tasvirlangan. Endi shu oraliqlarni sharnirli ikki oraliqli balka bilan qoplaymiz. Аgar bu balka uchun eguvchi qurilsa, maksimal eguvchi moment qiymatlari avvalgi holatga nisbatan ancha kamayganini sezamiz.
Sharnirli balkadan foydalanish natijasida maksimal eguvchi momentni 5 t/m ga kamaytirishga erishildi. Balka kesimining oʼlchamlari esa mustaxkamlik shartidan ana shu momentning qiymatiga bogʼliq holda aniqlanadi. Bundan tashqari sharnirli balka yana bir qancha afzalliklarga egadir:


a) alohida qismlardan yigʼilgani uchun bu qismlarni zavod sexlarida tayorlab qurilish maydoniga keltirish va montaj qilish oson;
b) Tayanchlarni choʼkishidan balkada qoʼshimcha zoʼriqishlar hosil boʼlmaydi.
Bunday balkalarni umuman olganda koʼp oraliqli tutash balkalardan oraliqlariga sharnirlar kiritish bilan hosil qilinsa boʼladi. Bu sharnirlarning soni tutash balkaning statik aniqmaslik darajasiga teng boʼladi. Buni quyidagi besh oraliqli balka misolida koʼramiz. Bu balka asosga yettita tayanch sterjenlar orqali bogʼlangan. Tayanch reaktsiyalarni aniqlash uchun statikaning faqat uchta tenglamalasi mavjud.
Аgar tayanch sterjenlar sonini deb belgilasak, balkaning statik aniqmaslik darajasi n =-3 =7-3 =4 ga teng boʼladi. Toʼrtta sharnir kiritish bilan a) shakldagi balkani statik aniq sharnirli balkaga aylantirish mumkin, chunki mavjud 3ta statika tenglamasiga yana 4ta tenglama kelib qoʼshiladi, yaʼni sharnirlarga nisbatan bir tomonda joylashgan kuchlardan (reaktsiyalardan) olingan momentlarning 0 ga tenglik shartlari. Lekin sharnirlarni joylashtirishda balkaning har bir elementini geometrik oʼzgarmasligini va statik aniqligini taʼminlash kerak. Sharnirli balkalarning ikkita asosiy turi mavjud. 1-holda sharnirli balkaning sxemasi navbatma-navbat keladigan oddiy va konsol balkalardan tuziladi (shakl b). Bunda har bir prolyotdan soʼng ikkitadan oraliq sharnir oʼrnatiladi. Boshqa holda sharnirli balkaning sxemasi konsol balkalardan yoki bitta oddiy, qolganlari esa konsol balkalardan tuziladi shakl v Bu balkalarda ikkinchi prolyotdan boshlab bittadan sharniri qoʼyib boriladi. Sharnirli balkalarning bu xillarida aralash sistema hosil qilish mumkin (shakl d,g). Oxirgi balka (shakl y,e) geometrik oʼzgaruvchan, chunki qoʼshni proletlarda sharnirlar boʼlgan holda ikkita oraliq sharnir kiritilgan, undan tashqari balkaning chap tomonida ikki prolyotli statik aniqmas balka hosil boʼlgan. Faqat silindrik tayanchlari boʼlgan balkalar uchun oraliq sharnirlarni joylashtirishning quyidagi qoidasini kiritish mumkin.
1.Ikkita sharnirli prolyotlarni sharnirsiz prolyotlar bilan navbatma-navbat qo‘yish zarur.
2.Bitta sharnirli prolyotlar boshlanishdan ikkinchi prolyotdan boshlab ketma-ket qo‘yilishi mumkin.
3.Bitta proletda ikkitadan ortiq sharnir kiritish mumkin emas. Sharnirli balkalarning qo‘zg‘almasligini va o‘zgarmasligini ta'minlash uchun tayanchlardan bittasi qo‘zg‘almas bo‘lishi kerak. Qolgan tayanchlar esa temperatura o‘zgarib turishi tufayli balkaning uzunligi erkin o‘zgarib turishi uchun qo‘zg‘aluvchan qilinadi.
Bir tomoni bikr mahkamlangan balkalar uchun sharnirlar kiritishni alohida qoidalari mavjud. Quyidagi tutash balka 4marta statik aniqmas, chunki bu balkada bikr tayanch 3 bog‘lanishga ega va 4 ta vertikal bog‘lanishlarni hisobga olinganda jami =7 bo‘ladi. Shuning uchun n = -3 =4 bo‘ladi. Demak bu balkaga 4ta sterjen kiritilish kerak.

Ba'zan ikki tomoni bikr mahkamlangan balkalarni hisoblashga to‘g‘ri keladi Bu balkada 9ta bog‘lanish bor. Statik aniqmaslik darajasi n =9-3 =6, ya'ni 6 ta sharnir kiritilsa statik aniq balka hosil bo‘lish kerak.


Lekin 6 ta sharnirni kiritib bo‘lmaydi, chunki balka geometrik o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi. Bu balkada 2 ta gorizontal bog‘lanish ortiqcha, balka o‘qiga esa maksimum 4ta sharnir kiritish mumkin, shuning uchun qolgan ikkita sharnirda gorizontal ko‘chishga imkon yaratish uchun foydalanamiz.
Bu balkada qo‘llanilgan bog‘lanish ikki vazifani bajaradi:
1). Balka qismlari bir biriga nisbatan burchak ko‘chish.
2). Chiziqli ko‘chish imkoniyatiga ega.



Download 18.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling