Maʻruza №3 Mavzu: Elektr yuritmani xarakatlanishi. Elektr yuritmaning turg‘un xarakati


Elektr yuritma mexanik qismining strukturaviy sxemasi


Download 423.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana22.11.2023
Hajmi423.44 Kb.
#1793494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
M 3

Elektr yuritma mexanik qismining strukturaviy sxemasi. 
Elektr yuritma ishlab chiqarayotgan mexanik energiya, ishchi mashina va mexanizmlarning turli ijro organlariga 
uzatiladi (konveyer yoki transorter lentasi, tokarlik dastgoxining valiki, lift kabinasi, radioteleskop antennasi va 
boshqalar) va zarur bo‘lganda esa ijro organini ish rejimga qo‘yiladigan texnologik talablarga muvofiq ravishda 
rostlanadi.
Olingan energiya xisobiga ijro organi, kerakli mexanik xarakatni amalga oshiradi, shu bilan birga ishlab 
chiqarish va texnologik operatsiyalarni bajarishni taominlaydi; yuklarni tashish, detallarni qayta ishlash, suyuqlik
yoki gazlarni uzatish, samoviy jismlarni kuzatish va boshqalar. 
Har qanday elektr yuritmaning (EYu) asosiy elementi elektr dvigateli (ED) xisoblanadi, u elektr energiyani 
(EE) mexanik energiyaga (ME) o‘zgartirishni taominlaydi. 
ED va ijro organining (IO) harakatlarini moslashtirish uchun mexanik uzatuvchi qurilma (MUQ) xizmat qiladi, 
u dvigatel xosil qilayotgan mexanik energiyani ko‘rinishini va ko‘rsatkichlarini o‘zgartiradi. ED ni harakatlanuvchi 
qismi (rotor), MUQ va IO elektr yuritmaning mexanik qismini tashkil qiladi. 
3.4 -rasm. Elektr yuritmaning tuzilish (struktura) sxemasi 
Baozi xollarda MUQ ishlatilmaydi va bunda ED to‘ridan – to‘ri IO bilan biriktiriladi. Dvigatel o‘ziga 
kerakli energiyani elektr energiya manbaidan (EEM) elektr o‘zgartiruvchi qurilma (EO‘Q) orqali oladi. EO‘Qning 
vazifasi qilib, IO ning mexanik xarakatini boshqarish uchun ED ga EEM dan kelayotgan elektr energiyani 
ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish va rostlash belgilangan. 
Energiyaning o‘zgarish jarayonini boshqarish boshqaruvchi qurilma (BQ) yordamida amalga oshiriladi, u 
topshiriq signali U
t
funksiyasida bo‘lgan boshqarish signalini U
b
va energiyaning o‘zgarish jarayoni, ED yoki IO 
ning mexanik harakatini xaqiqiy ko‘rsatkichlari ‘aqidagi maplumotlarni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha signallarni 
xosil qiladi. 
Bu signallardan foydalanish (4.4- rasmda ular shtrix chiziqlar bilan ko‘rsatilgan) ED va IO lar harakatining 
kerakli xarakteristikalarini olish, ishchi mexanizmlarini maqbul (optimal) ish rejimga erishish, elektr yuritmani 
ishlashida ‘imoya va blokirovkalarni taominlash imkoniyatini yaratadi. Bu signallar tegishli datchiklar tomonidan 


ishlab chiqariladi. O‘zgartiruvchi va boshqaruvchi qurilmalar boshqarish tizimini (BT) tashkil qiladi, bu tizim o‘z 
navbatida dvigatel chulamlari bilan birgalikda yuritmaning elektr qismini tuzadi. 
Quyida ijro organlari va elektr yuritma tarkibiy qismlarining eng keng tarqalgan namunalari keltirilgan: 
1.Ijro organi Tokarlik dastgoxining shpindeli; randalash dastgoxining harakatlanuvchi stoli; konveyer 
tasmasi(zanjiri); ekskavator kovshi; ko‘targich kabinasi; nasos parraklari; prokat stanining valiklari; dastgox uzatish 
mexanizmining harakatlanuvchi vinti, kran siljish mexanizmining aravachasi; ko‘tarish chiirining ilmoi. 
2.Elektr dvigateli
Turli qo‘zgatishli o‘zgarmas tok dvigateli; faza yoki qisqa tutashuv rotorli asinxron 
dvigatel; sinxron dvigatel; chiziqli o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok dvigatellari; ventilli dvigatel; odimlovchi 
dvigatel; yumalovchi va to‘lqin rotorli dvigatellar; reduktorli dvigatellar. 
3.Mexanik uzatish qurilmasi - Silindrli va chervyakli reduktorlar; planetar uzatma, vint-gayka uzatmasi, 
to‘lqinli uzatma; krivoship-shatun uzatmasi; zanjirli va qayishli (tasmali) uzatma; reykali uzatma. 

Download 423.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling