Maʻruza №3 Mavzu: Elektr yuritmani xarakatlanishi. Elektr yuritmaning turg‘un xarakati
Download 423.44 Kb. Pdf ko'rish
|
M 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Elektr yuritmaning xarakat tenglamasi
Maʻruza №3 Mavzu: Elektr yuritmani xarakatlanishi. Elektr yuritmaning turg‘un xarakati. Reja: 3.1. Elektr yuritmaning harakatlanish tenglamasi. 3.2. Elektr yuritma harakatining turg‘unlik shartlari. 3.3. Elektr yuritmaning aylantirish moment va tezligi. 3.4. Elektr yuritma mexanik qismining strukturaviy sxemasi. 3.5. Elektr yuritmaning turg‘un harakati. 3.6. Dinamik momentning o‘zgarmas qiymatida elektr yuritmada kechadigan noturg‘un xarakat. 3.7. Statik va dinamik tavsiflarni hisoblash usullari. Tayanch so‘z va iboralar: Eektr yuritmani xarakat tenglamasi, turg‘un xarakat, tezlanish, tezlikni pasayishi, tormozlanish, barqarorlik sartlari, static moment, dinamik moment, aylanishlar soni, burchak tezlik, EYU holatlari. Dvigatel va ishchi mexanizmlarini mexanik xarakteristikalari, tabiiy va sunoiy xarakteristikalar, dvigatel mexanik xarakteristikalarni aniqlovchi asosiy kattaliklar, bikrlik, xarakteristikalarning bikrlik darajasiga qarab turlari, EYUning turun xarakati, xarakat barqarorligi. EYUning turg‘unmas xarakati. Elektr yuritmaning xarakat tenglamasi Elektr yuritma turli rejimlarda ishlashi mumkin. U, dvigatelni ishga tushirishda yoki yuklama kamayganda tezlanadi; dvigatel to‘xtatilganda yoki teskari aylantirilganda esa sekinlashadi. Bunday rejimlarda, elektr yuritmaning xolati, uning mexanik qismida ishtirok etuvchi kuch va momentlarga boliqdir. Agar, EYu ning ishlash jarayonida, burchak tezligi o‘zgarmas bo‘lsa, unda dvigatel xosil qiluvchi moment yuklama momentiga teng bo‘ladi M = M s yoki M - M s = 0 O‘zgaruvchan burchak tezligida (oshirilganda yoki kamaytirilganda) dinamik moment M din xosil bo‘ladi va tenglama uchinchi apzo bilan to‘ldiriladi M - M s = M din yoki M - M s = Jd /dt Bu tenglama elektr yuritmaning asosiy harakat tenglamasi deyiladi. Tenglamadan ko‘rinadiki, dvigatelning aylanish momenti M, mexanizmda sodir bo‘ladigan qarshilik momenti M s va yuritma qismlarida xosil bo‘ladigan dinamik moment M din bilan muvozanatda bo‘lishi kerak.(2.8) tenglamada, jism massasi m va unga mos ravishda yuritma inersiya momenti J o‘zgarmas kattaliklar xisoblangan, bu asosiy ko‘pchilik ish mexanizmlar uchun to‘ridir. Yuritma harakat tenglamasiga ko‘ra: agar M > M s , d /dt>0 bo‘lsa, u xolda yuritmaning aylanish tezligi orta boshlaydi (yuritma tezlashadi); agar M < M c , d /dt <0 bo‘lsa, dvigatel yuklamasi ko‘paya boshlaganda yuritma tezligi kamaya boshlaydi (yuritma sekinlashadi); agar M = M s , d /dt = 0, u xolda yuritma tekis harakat bilan turun tezlikda aylanadi yoki qo‘zalmas xolatda bo‘ladi (yuritmaning turun rejimi, = const). EYu dagi jarayonlarni o‘rganishda qulaylik yaratish maqsadida, dvigatelni aylantiruvchi momenti yuritma harakati tomon yo‘nalgan bo‘lsa, uni musbat (dvigatel rejimi), aks xolda esa manfiy (generator rejimi) deb qabul qilinadi. Qarshilik momenti M s oldidagi manfiy ishora, bu momentni yuritma harakatiga nisbatan teskari yo‘nalganligini ko‘rsatadi, bu yuk ko‘tarish, metall qirqish va shu kabi jarayonlarga taoluqlidir. Yuk tushirishda esa qarshilik momenti yuritma harakati tomon yo‘nalgani uchun, uning oldiga musbat ishora qo‘yish kerak bo‘ladi. Tezlikning orta borishida M din yuritma harakatiga teskari yo‘nalgan bo‘lib, uning kamayishida esa harakat tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Dinamik momentning qiymati va ishorasi faqat dvigatel momenti bilan qarshilik momentini algebraik ayrimasiga ko‘ra aniqlanadi. Shunday kilib, yuritmaning harakat tenglamasini, umumiy xolda quyidagicha ifodalash mumkin M M s = J d /dt Demak, ifodadagi M va M s oldiga (+) yoki(-) ishorasining qo‘ yilishi dvigatelning ish rejimi va yuklama xarakteriga boliq bo‘ladi. Download 423.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling