Ma’ruza №3 Ochiq kon ishlarida asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik qoidalari


Download 68.33 Kb.
bet6/8
Sana28.03.2023
Hajmi68.33 Kb.
#1301192
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Ma\'ruza

4.4.14. Dumpkarlarni kuzovini tо‘ntarish, yuk tushirilganidan keyin transport holatiga qaytarish taglik, shpal va rels qо‘yilmasdan bajarilishi kerak.
4.4.15. Temir yо‘llarni surish va ta’mirlash paytida, bu ishlar bajariladigan uchastka ogohlantiruvchi belgilar yoki signallar bilan tо‘silishi kerak.
4.4.16. Buldozer va avtomobil transportlari bilan uyum hosil qilinganda, avtoag’dargich va boshqa transport vositalarini tо‘kish, shu ishlarni pasportga muvofiq olib boradigan, yuk tushirish va tozalash sektorini, transport harakati sxemasini kо‘zda tutadigan joyda bajarilishi kerak.
Sektordagi ish belgilar bilan boshqarilishi kerak, bunda buldozer, avtoag’dargich yoki boshqa transport vositalarining bir vaqtda ishlashi taqiqlanadi.
4.4.17. Buldozer bilan hosil qilinadigan uyumlardagi yuk tо‘kish maydonchalari avtoag’dargich, traktor, buldozer va avtopoyezdning amaliy manevri uchun zaruriy frontga, butunlay tо‘kish fronti bо‘yicha uyum chetidan tagigacha yо‘nalgan burchagi kamida 3 gradus bо‘lgan qiyalikka ega bо‘lishi kerak.
4.4.18. Buldozer bilan hosil qilinadigan uyumlardagi yuk tо‘kish maydonchalari, uyum chetining bor bо‘yiga jinslardan tiklangan ishonchli himoya tepachaga ega bо‘lishi kerak, bunda uni balandligi avtoag’dargichni yuk kо‘tarishi 10 t gacha bо‘lsa kamida 0,7 m; avtoag’dargichni yuk kо‘tarishi 10 t dan ortiq bо‘lsa kamida 1,0 m bо‘lishi lozim.
4.4.19. Yuqorida aytilgan 2.5.17 va 2.5.18-bandlar talablariga rioya etilganda uyumni qiya joyiga avtoag’dargichni tо‘kishga ruxsat etiladi.
4.4.20. Uyumni yuqori chetida himoya tepachasi bо‘lmasa yuk tо‘kish maydonchalari chetiga yaqin kelish masofasi avtoag’dargichni yuk kо‘tarishi 10 t gacha bо‘lganda 3 m dan; avtoag’dargichni yuk kо‘tarishi 10 t dan ortiq bо‘lganda 5 m dan ortmasligi lozim. Bu shartlarga rioya etish uchun ish yuritish pasportiga kiritilgan xavfsizlikni qо‘shimcha choralari kо‘zda tutilishi kerak.
4.4.21. Avtoag’dargichni yuk tо‘kishga uzatish va buldozerni jinslarni qiyalatib surishdagi harakati uyum yuqori chetiga perpendikulyar bо‘lishi kerak.
Buldozerni orqaga harakatlantirib himoya tepachaga ega bо‘lmagan uyum cheti yо‘naltirish taqiqlanadi.
Qulash prizmasidan tashqari uyum yuqori cheti bо‘ylab buldozerni ishlatishga ruxsat etiladi.
4.4.22. Yuk tо‘kayotgan avtoag’dargichlar bilan uyumda ishlayotgan texnika va о‘tib ketayotgan trasport vositalarining orsaidagi masofa kamida 5 m bо‘lishi lozim.
Odamlar barcha holllarda uyumda ishlatilayotgan mexanizmlardan kamida 5 metr uzoqlikda turishlari kerak.
4.4.23. Uyumni quyi cheti bо‘ylab о‘tadigan yо‘l jinslar bо‘laklari sirpanib tushadigan chegaradan tashqarida joylashishi lozim.



Download 68.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling