Ma’ruza №3 Ochiq kon ishlarida asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik qoidalari


Download 68.33 Kb.
bet2/8
Sana28.03.2023
Hajmi68.33 Kb.
#1301192
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Ma\'ruza

Burg’ilash ishlari
2.2.1. Burg’ilash ishlari texnik hujjatlarga (loyihalarga, burg’ilash-portlatish ishlari uchun ham, yoxud pasportlarga), quduqlarni burg’ilash esa har bir burg’ilash usuli (termik, sharoshkali va shu kabi) uchun namunaviy yо‘riqnomalar asosida korxona tomonidan ishlab chiqilgan yо‘riqnomalarga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.
2.2.2. Burg’ilash stanogi pog’onaning qulash prizmasidan tashqari rejalashtirilgan maydonchaga о‘rnatilishi, quduqlarni birinchi qatorini burg’ilashda esa uning zanjiri pog’onani yuqori chetidan kami bilan ikki metr uzoqda va chetga perpendikulyar holga keltirilib joylashtirilishi kerak.
Yig’ishtirilmagan portlatilgan kon massalaridan iborat tirak devor bilan ishlar bajarishda pog’onani yuqori chetidan burg’ulash stanogigacha bо‘lgan masofa chegaralanmaydi.
Tirak devorsiz ish bajarishda quduqlarni birinchi qatori uchun burg’isi sharoshkali burg’ilash stanogini о‘rnatish masofadan amalga oshirilishi kerak.
Stanok domkratining tagiga ma’dan va jinslar bо‘laklarini qо‘yish taqiqlanadi.
2.2.3. Machtasini kо‘targan holda burg’ilash stanogini pog’ona bо‘ylab harakatlantirishni tayyorlovchi zavodning foydalanishga oid yо‘riqnomasiga muvofiq ravishda qiyalatish bilan amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Burg’ilash stanogini elektr simlarining ostidan va о‘tish joylaridan harakatlantirishda machtasi tushirilgan, burg’ilash asbobi yechilgan yoki ishonchli mahkamlangan bо‘lishi kerak.
2.2.4. Yong’in va zaharli modda chiqarishga moyil kon jinslarida termik burg’ilash stanogi bilan quduqlar burg’ilash taqiqlanadi.
2.2.5. Burg’ilangan quduqlar uchastkalarining odamlar о‘tadigan va avtotransport yuradigan tomoniga ogohlantirish belgilarini qо‘yish kerak. Bunday uchastkalarni tо‘siqlar bilan о‘rash tartibi karyer bosh muhandisi tomonidan belgilanadi.
2.2.6. Pog’onaning burg’ilash qudug’i atrofi yuzasi kamida 0,7 m radiusda jinslar bо‘laklari, burg’ilash mayda-chuydalri, begona narsalardan tozalangan bо‘lishi kerak, toki portlatish moddasi bilan zaryadlash paytida ular quduqqa tushmasin.
2.2.7. Perforator (elektr parma) bilan bо‘rg’ilashda supachani ishchi yuzasining eni 4 m dan kam bо‘lsa, ishlovchilarining xavfsizligini taminlaydigan qо‘shimcha chorlar kо‘rilishi kerak.
2.2.8. Kon massasining nogabarit bо‘laklari qо‘l yoki mexanik usul (butoboy), yuza yoki shpur zaryadlar bilan parchalanishi kerak.
Kon massasining nogabarit bо‘laklari qо‘lda yoki bо‘rg’ilash bilan parchalashda shruplarni (quduqlarni) turg’un qilib va faqat pog’onaning qulamaydigan va kon massasining tо‘kilmaydigan zonasini bir qatlamiga о‘rnatish kerak. Bunday hollarda shruplarni bо‘rg’ilash pasportga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.



Download 68.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling