Ma’ruza №3 Ochiq kon ishlarida asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik qoidalari
Kon massasini transport vositalariga yuklash, ularni texnik pasportlariga muvofoiq ravishda bajarilishi kerak. 3.3.13
Download 68.33 Kb.
|
3-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyumlash (Otval hosil qilish) 4.4.1.
3.3.12. Kon massasini transport vositalariga yuklash, ularni texnik pasportlariga muvofoiq ravishda bajarilishi kerak.
3.3.13. Qazib chiqarish-yuklash ishlari jarayonida portlovchi moddalarning yonmagan zaryadlari topilsa, ishlar tо‘xtatilishi va bu haqida ishlar rahbariga xabar berilishi kerak. 3.3.14. Qazib chiqarish-yuklash ishlari jarayonida doimo pog’onani bо‘rtik va osilib qolgan jinslardan qirib tozalash kerak. Pog’onani qirib tozalash mexanizatsiyalashagan usul bilan bajarilishi zarur. Qо‘l bilan qirib tozalash faqat usta yoki brigada boshlig’ining bevosita nazorati ostida bajariladi. Qirib tozalash ishlari bilan band bо‘lmagan xodimlar xavfsiz joyga ketkazilish-lari kerak. 3.3.15. Pog’onalarni qо‘l bilan qazishda «podboyem» usulini qо‘llamasdan va ishlar faqat tepadan pastga qaratilib olib borilishi kerak. 3.3.16. Burchagi 35 gradusdan ortiq bо‘lgan pog’ona qiyaligida ishlashda ish ijrochilari ishonchli tayanchga bog’langan mahkamlash arqoni bilan saqlagich kamardan foydalanishlari kerak. Uyumlash (Otval hosil qilish) 4.4.1. Uyumlarning soni, shakli va parametrlari loyiha bilan aniqlanadi. Bir vaqtda jinslarni uyumlash uchun kо‘p qatorlab tо‘kishda yondosh uyumlar pog’onalarining quyi va yuqori chetlari orasidagi masofa loyiha bilan aniqlanadi va trasport-uyumlash jihozining meyorda ishlashini ta’minalashi kerak. Karyerning ishchi bо‘lmagan yuzasiga tashqi uyumlarni joylashtirishda uyumni quyi chetidan karyerni yuqori chetigacha bо‘lgan masofa hisob kitob bilan, ammo 1,5 m dan kam bо‘lmagan miqdorda qabul qilinadi. 4.4.2. Jins uyumlarining balandligi, qiyalik burchagi va qulash prizmasi, uyumlash ishlarining borish tezligi uyum va uni asosi jinslarining fizik-mexanik xossalari, uyumlash usuli va joyni relyefiga bog’liq ravishda belgilanadi. Uyumlarni joylashtirish uchun uchastkalarni tanlash muhandislik-geologik va gidrogeologik izlanishlar bilan bajarilishi kerak. Loyihada uyumlar joylashtirish uchun mо‘ljallangan uchastkadagi tuproqning tavsiflari berilishi kerak. 4.4.3. Amaldagi yerosti inshootlari ustida, adrlarda, botqoqsimon va suvli hududlarda joylashgan uyumlarni hosil qilish va ulardan foydalanish, shuningdek yoriqlarni va ishlangan uchastkalarni kо‘mish tartibi loyiha bilan aniqlanishi, loyiha tarkibida bu ishlarni bajarish bо‘yicha xavfsizlikni qо‘shimcha choralari bо‘lishi kerak. 4.4.4. Uyumlarni shakllantirish tartibi tegishli loyihalar va pasportlarda ifodalanishi lozim bо‘lgan kon massasini tashishda qо‘llaniladigan usul va yordamchi jihozlarga bog’liq ravishda belgilanadi. 4.4.5. Temir yо‘l transporti bilan tashishda uyumlovchi omoch bilan jihozlangan uyumlarda, omoch bilan qilinadigan uyumni chetidan temir yо‘l о‘qigacha bо‘lgan masofa, temir yо‘l har bir surilganidan keyin, uyumni barqarorligiga bog’liq ravishda belgilanadi, hamda dumpkarni yuk kо‘tarishi 60 t gacha bо‘lganda kamida 1600 mm va dumpkarni yuk kо‘tarishi 60 t dan ortiq bо‘lganda kamida 1800 mm bо‘lishi kerak. 4.4.6. Bir chо‘michli ekskavator bilan jihozlangan uyumlarda dumpkardan yuk tushiradigan joyda temir yо‘l о‘qidan yuqori chetgacha bо‘lgan masofa: izlar orasi normal bо‘lsa va dumpkarni yuk kо‘tarishi 60 t gacha bо‘lsa kamida 1600 mm, hamda izlar orasi 900 mm bо‘lsa va dumpkarni yuk kо‘tarishi 60 t dan ortiq bо‘lsa kamida 1800 mm bо‘lishi kerak. Download 68.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling