4.4.7. Uyumlarda yuk tushirish temir yо‘lining tashqi relsi dumpkardan yuk tushiradigan joyda ichkisiga nisbatan 100-150 mm baland bо‘lishi kerak.
4.4.8. Ekskavator bilan qilinadigan uyumlarda temir yо‘lini ichki tomoniga jinslarni tushirish payida tо‘kish tupigidagi ikkala rels ham dumpkardan yuk tushiradigan joyda bir xil sahtda bо‘lishi kerak. Bunday sharoitda ish xavfsizlinini ta’minlash uchun i karyer bosh muhandisi tomonidan qо‘shimcha choralari tasdiqlangan bо‘lishi kerak.
4.4.9. Tо‘kish joyining oxiriga soz yо‘l tо‘sig’i kо‘rsatgichiga ega bо‘lgan va korong’ida yoritiladigan tirgaklar qо‘yilishi kerak. Yо‘l tо‘sig’i kо‘rsatkichi uyum tupigini boshi va oxiridan lokomotiv mashinisti tomonidan joylashishi va temir yо‘l о‘qidan kamida 2,5 m masofaga va 1,5 m balandlikka chiqishi lozim.
Chuqur bо‘yidan tupikkacha bо‘lgan uchastkaga tuproq tо‘kish, agar yuk tushirish temir yо‘lining uzunligi tarkibning bir yarim uzunligidan kam bо‘lsa, karyer bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan xavfsizlikni qо‘shimcha choralariga roiya qilish bilan amalga oshirilishi kerak.
4.4.10. Uyum yо‘li surilganidan keiyn jinslarni tushirish yuklangan poyezdlarni qabul qilish uchun uyumdagi maxsus jurnalda teshishli ravishda qaydlangan ishlar rahbarining yozma ruxsati bо‘lishi lozim.
4.4.11. Uyumni yuk tо‘kish tupigiga yuklangan poyezdlarni uzatish (abzetserlardan tashqari), qoidaga kо‘ra vagonlarni oldinga qо‘yib bajarilishi, agar lokomotiv oldinga qо‘yilsa «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi maxalliy organlari bilan kelishilgan va korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan xavfsizlikni qо‘shimcha choralariga roiya qilish bilan amalga oshirilishi kerak.
4.4.12. Dumpkarlardan yuk tushirishda odamlar kon massasi qо‘laydigan hududdan tashqarida bо‘lishlari kerak. Uyumni ichki tomonidan temir yо‘l tarkibidan yuk tushiradigan joyda tarkibga xizmat kо‘rsatuvchi xodimlarni о‘tishi uchun piyoda yо‘lakchasi bо‘lishi kerak.
4.4.13. Dumpkarlarni yopishib qolgan kon jinslaridan tozalash mexanizatsiyalash-gan bо‘lishi kerak. Maxsus ishlab chiqilgan va korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan xavfsizlikni qо‘shimcha choralariga roiya qilingan hollarda ularni qо‘lda tozalashga ruxsat beriladi.
Chuqur bо‘yida dumpkarlarni qо‘lda tozalash taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |