Ma’ruza №3 Ochiq kon ishlarida asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik qoidalari


Download 68.33 Kb.
bet3/8
Sana28.03.2023
Hajmi68.33 Kb.
#1301192
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Ma\'ruza

Qazib -yuklash ishlari
3.3.1. Qazib chiqarish-yuklash ishlarida pog’ona balandligi kon jinslari yotishining kon-texnik sharoitlari va fizik-mexanik xossalarini hisobga olgan holda loyiha, qabul qilingan ish tashkiloti bilan aniqlanadi va qо‘llaniladigan qazib chiqarish-yuklash jihoziga muvofiq bо‘lishi kerak.
3.3.2. Qaziladigan pog’onaning balandligi jihozini xavfsiz ishlash sharoitlari bо‘yicha aniqlanadi va quyidagilardan:
A) portlatish ishlari qо‘llamaganda mexanik kurak turidagi bir chо‘michli ekskavator va frontal yuklagichlar bilan qazishda- ekskavator yoki yuklagich chо‘michining yuqori nuqtasidan, portlatish ishlarini qо‘llanilganda esa chо‘michining bir yarim yuqori nuqtasidan;
B) draglayn, kо‘p chо‘michli va rotorli ekskavatorlar bilan qazishda- ekskavator chо‘michining о‘yish chuqurligi yoki yuqori nuqtasidan;
V) gidromonitor bilan yuvishda- 30 metrdan;
G) bо‘sh va sochiluvchan jinslarni qazishda- 3 metrdan, yumshoq, ammo barqaror va qattiq monolitlarni qazishda 6 metrdan oshmasligi kerak.
Agar pog’ona balandligi yuqorida aytilgan miqdorlardan ortiq bо‘lsa, ularni jihoz parametrlariga moslashtirish (pog’onani qatlamlarga bо‘lish, buldozer bilan pog’onalarni pasaytirish va shu kabi) choralarini kо‘rilishi kerak. Bunda ayrim qatlamlarning balandligi yuqorida aytilgan talablarga muvofiq bо‘lishi kerak.
Ayrim hollarda tо‘g’ri mexanik kurak turidagi bir chо‘michli ekskavator bilan kо‘mir qatlamlarini ishlashda va «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi maxalliy organlari ruxsati bilan 65 gradus burchak ostida portlatish quduqlarini burg’ilashda pog’ona balandligi 40 metrgacha bо‘lishi mumkin.
Portlatish ishlarini qо‘llash bilan jinslarni qazib olishda va pog’ona (qatlam) balandligi ekskavator chо‘michining yuqori nuqtasidan ortiq bо‘lganda, bо‘rtik va osilib qolgan jinslarni о‘z-о‘zidan qulashining oldini oluvchi choralarni qо‘llash kerak.
Teskari mexanik kurak turidagi bir chо‘michli ekskavator bilan kon massivlarini ishlashda, ishlanayotgan jinslar qatlamining qalinligi, uni texnik tavsifi bilan belgilangan kavlash chuqurligidan oshmasligi kerak.
3.3.3. Ishchi pog’onaning qiyalik burchaklari:
A) mexanik kurak turidagi bir chо‘michli ekskavator, draglayn, kо‘p chо‘michli va rotorli ekskavatorlar bilan ishlashda- 80 gradusdan;
B) quyilatib о‘yuvchi kо‘p chо‘michli zanjirli ekskavator bilan ishlashda- shu jinslarning tabiiy qiyalik burchagidan;
V) bо‘sh va sochiluvchan jinslarni qо‘l bilan qazishda - shu jinslarning tabiiy qiyalik burchagidan, agar bardoshli bо‘lsa- 50 gradusdan, toshloq bо‘lsa - 80 gradusdan oshmasligi kerak.
3.3.4. Texnogen tusidagi konlarga ishlov berishda ishchi pog’onaning balandligi va qiyalik burchaklari loyiha bilan belgilanadi, ammo har qanday sharoitda ham mazkur qoidalarining 2.4.2-bandi talablariga javob berishi kerak.
3.3.5. Konchilik va transport jihozlari, transport kommunikatsiyalari, elektr ta’minoti va aloqa liniyalari qulash prizmasidan tashqari rejalashtirilgan maydonchaga joylashtirilishi kerak.
Pog’ona ishchi maydonchasining eni vazifasi kо‘ra va texnologik loyihalash meyorlariga muvofiq ravishda hisob kitob bilan aniqlanadi. Pog’onaning quyi chetidan (qulagan kon massasidan) temir yо‘l о‘qigacha bо‘lgan masofa kamida 2,5 m bо‘lishi kerak.
3.3.6. Transportsiz sxema bilan qazish bо‘yicha amalaga oshiriladigan ochish ishlarida foydali qazilma pog’onasi va jins uyumi quyi chetlari orasidagi masofa konchilik ishlari loyihasi va pasport bilan belgilanadi. Temir yо‘l yoki konveyerlar mavjud bо‘lganda uyumni quyi chetidan temir yо‘l о‘qigacha yoki konveyer о‘qigacha bо‘lgan masofa kamida 4 m bо‘lishi kerak.
3.3.7. Yuqorida turib yuklash bilan pog’onalarni ishlashda pog’ona chetidan temir yо‘l о‘qigacha yoki avtoyо‘l о‘qigacha bо‘lgan masofa loyiha bilan belgilanadi va kamida 2,5 m bо‘lishi kerak. Bunda ekskavator mashinisti kabinasidan yuklanayotgan transport vositasining kо‘rinib turishini ta’minlash lozim.
3.3.8. Gorizantal bо‘yicha ish joylari yoki vertikal bо‘yicha ikkita yondosh pog’onalarga joylashagan mexanizmlar orasidagi masofa kami bilan:

  • Qо‘l bilan qazishda 10 m;

  • Yuklagich va buldozer bilan qazishda 5 m;

  • Ekskavator bilan qazishda о‘yishni eng katta radiusini bir yarimiga teng

Miqdorida (gorizantal va vertikal bо‘yicha orasidagi masofo loyiha bilan belgilanadigan, ishda о‘zaro bog’liq mexanizlardan foydalanish holati bundan mustasno) bо‘lishi kerak.
3.3.9. Avariya vaziyati (pog’onani qulash xavfi, portlovchi moddalarning yonmagan zaryadlarini topilishi va shu kabilar) yuzaga kelganda ekskavatorni zaboydan chiqarish uchun erkin о‘tidigan joy har doim bо‘lishi zarur.
3.3.10. Temir yо‘l dumpkarlari yoki boshqa sig’imlarga draglayn turidagi ekskavator bilan yuklash uchun, karyer bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan ishni xavfsiz usullari bо‘yicha tadbirlar amalaga oshirilganda va quvvat tarmog’ini kontakt simiga tegishidan chо‘mich himoyalangan bо‘lsagina ruxsat etiladi. Ekskavator aytilgan himoya bilan jihozlash «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi organlari bilan kelishilgan holda bajarilishi kerak.
3.3.11. Transportsiz sxemasi bо‘yicha ekskavator yoki boshqa turdagi yer qazish mashinalari bilan jamlangan draglaynni ishlatishda, ular orasidagi masofa draglayn chо‘michi tashlanadigan masofani hisobga olgan holda, ularni eng katta harakat radiuslari yig’indisidan kam bо‘lmasligi kerak.
Bu shartga rioya etilmaganda ishni karyer bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan va tarkibida xavfsizlikni qо‘shimcha choralari bо‘lagan pasport bо‘yicha amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Download 68.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling