Ma’ruza №3 Ochiq kon ishlarida asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik qoidalari
Download 68.33 Kb.
|
3-Ma\'ruza
Yuk ortish punktidagi ishlar
5.5.1. Yuk ortish punktini joylashishi, shuningdek uni hosil qilish va ishlatish tartibi sektorlarning zaruriy soni va о‘lchamlari, transport harakati sxemalari, odamlar о‘tadigan yо‘llar, nurli va tovushli signalizatsiyani nazarda tutadigan loyiha (konchilik ishi rejasi) bilan aniqlanadi. 5.5.2. Oraliq bо‘g’in sifatida ekskavatordan (frontal yuklagichlardan) foydalaniladigan yuk ortish punktlari quyidagi talablarga javob berishi kerak: A) yarus balandligi chо‘mich yuqori nuqtasidan oshmasligi lozim; B) yuk tо‘kish maydonchasi, jihozni va odamlarni ishlashi mazkur qoidalarining 2.5.16.-2.5.22-bandi talablariga muvofiq bо‘lishi kerak. 5.5.3. Yuk ortish punktidagi ish belgilar va plakatlar bilan boshqarilishi, hamda ish yuritish pasportiga muvofiq bajarilishi kerak. Konsol uyumlagich bilan hosil qilingan omborlardan maydalangan kon massalarini yuklab jо‘natishda, zaboyni balandligi kon massasining fraksiya tarkibi, fizik-mexanik xossalari va qazib chiqarish-yuklash jihozini texnik tavsiflarini hisobga olgan holda pasportga binoan aniqlanadi. Bunda zaboyda jinslar osilib turishiga qarshi choralar amalaga oshirilishi kerak. 5.5.4. Ekskavator bilan qazilgan yarus yonidagi qulash prizmasi yoki yarus qiyaligiga avtoag’dargichni tо‘kish taqiqlanadi. Bu holatda barqaror qiyalik hosil qilish buldozer, ekskavator va frontal yuklagichlar bilan yarusning yuqori maydonidan bajarilishi kerak. 5.5.5. Bir yarusda ekskavator bilan bir vaktda buldozer yoki avtoag’dargichlarning ishlashi taqiqlanadi. 5.5.6. Lokomotiv mashinisti temir yо‘l tarkibiga yuk ortishda ekskavator mashinisti signaliga bо‘ysunishi kerak. 5.5.7. Yuk ortish (tushirish) joyida temir yо‘llarni tozalash paytida yuk ortish punktiga tarkibni uzatish tо‘xtatilishi kerak. 5.5.8. Yuk tushirish maydonchasi estakadasiga kontakt tarmog’ini о‘rnatish taqiqlanadi. 5.5. 9. Qabul qilish bunkerlariga transport vositalarini tо‘kish bilan kon massasini tashishga tayyorlaydigan qurilmalar (maydalagich, groxot va shu kabilar) va meyorlovchi qurilmalar (ta’minlagich, shiber va shu kabilar) «foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni bо‘laklashda ishlarning xavfsizligi qoidalarii», «ma’dan(ruda), noma’dan va sochma konlarni yerosti usuli bilan (yerosti obyektalarida) qazib olishda xavfsizlikni yagona qoidalarii»ga muvofiq bо‘lishi va quyidagi talablarga javob berishi kerak: A) bunkerlarning foydalanilmaydigan tomonlaridagi teshiklar, yuk tushirish maydonchasini odamlar pog’onadan yiqilishi mumkin bо‘lgan joylar, tо‘siqlar yoki jinslar tepachalari bilan tо‘silishi kerak; B) temir yо‘l transporti bо‘lsa yuk tushirish maydonchalari xizmat kо‘rsatuvchi xodimlarni ogohlantiruvchi tovush signali bilan jihozlanishi va temir yо‘l tarkibi kelishidan 1,5-2 daqiqa oldin ulanishi kerak; V) avtomobil transporti bо‘lsa qabul qilish bunkerlarini ishchi tomonidan avtoag’dargich bunkerga tushmasligi uchun tirgak, yuk tushirish maydonchasiga esa avtoag’dargich yuk tо‘kishga kirishi uchun ruxsat etadigan yoki taqiqlaydigan svetofor о‘rnatilishi kerak. Download 68.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling