Ma’ruza №3. Olti ‘zoli ikki geteroatom tutgan geterohalqali birikmalar
Download 121.5 Kb.
|
3.Ikkita geteroatom tutgan olti a`zoli get.bir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar;
- Olish usullari
- Nazorat savollari
Ma’ruza №3. Olti ‘zoli ikki geteroatom tutgan geterohalqali birikmalar 1.Piridazin, pirimidin, pirazin va ularning hosilalari . 2.Umumiy olish usullari. Elektron tuzilishi. kimyoviy xossalari. Ishlatilishi. Tayanch so‘zlar; Piridazin, pirimidin, pirazin va ularning hosilalari .Umumiy olish usullari. . Elektron tuzilishi. kimyoviy xossalari. Ishlatilishi Geteroatom, geterohalqali birikma, geterohalqali birikmalarni sinflash, aziridin, addukt, oksetan, kondensatsiya, Xyukkel qoidasi, delokallanish, radikal, elektronodonor, elektronoakseptor, kondensirlangan geterohalqa, atsidofoblik xossasi. Olti a’zoli ikki geteroatom tutgan geterohalqali birikmalarga pirimidin, pirazin va ularning ba’zi hosilalari, hamda purin va ayrim tabiiy moddalar-nukleozidlar misol bo‘ladi. I piridazin II pirimidin III pirazin Keltirilgan moddalar yuqori haroratda suyuqlanadigan oq kristallar bo‘lib, suvda yaxshi eriydi va aksincha organik erituvchilarda yomon eriydi. Bu moddalar o‘zining xossalari bilan piridin va benzolga o‘xshash. Tarkibidagi mavjud 6-elektronlar sistemasi molekulaning tur\unligini ta’minlaydi. Rentgenostruktur o‘rganishlar piridazin, pirimidin va pirazin molekulalaridagi S-S bo\larining uzunligi piridin yoki benzol tarkibidagi S-S bo\larining uzunlik qiymatlariga juda yaqin va ular o‘rtacha 0,134 nm ga teng. Kimyoviy xossalari. Bu birikmalar piridinga nisbatan kuchsiz asoslardir, ya’ni asoslik ko‘rsatkichi RKVN(N2O) piridazinda 2,33, pirimidinda 1,3, pirazinda 0,6 ga teng (bu ko‘rsatkich piridin uchun 4,6 ga teng). Molekuladagi ikkinchi azot atomiga ham kuchli kislotalarning konsentrlangan eritmasida protonni biriktirish mumkin. Elektrofil reagentlarning piridazin, pirimidin, pirazinlar bilan reaksiyasi azot atomlarining biriga yo‘naladi. Kuchli alkillovchi reagentlar ularning N-alkil hosilalarini va tuzlarini beradi. Masalan, Bu geterohalqali birikmalarda nitrollash, sulfolash va galogenlash reaksiyalari deyarli sodir bo‘lmaydi. Piridindagi kabi piridazin, pirimidin, pirazinlar bilan ham nukleofil almashinish reaksiyalarini olib borish mumkin: +aytarish reaksiyalari quyidagicha ketadi: tetrametilendiamin (yoki 1,4-diaminobutan) geksagidropirimidin piperazin Piridazin, pirimidin, pirazinlar oksidlovchilar ta’siriga chidamli. Ammo, kuchli oksidlovchilar-H2O2 yoki RCOOOH bilan N-oksidlar hosil qiladi. Ularning metili hosilalari oddiy oksidlovchilar (KMnO4, CrO3) ta’sirida karbon kislotalarga aylanadi: Olish usullari. Piridazinni dialdegid va gidrazindan olish mumkin: Pirimidinni esa -dikarbonil birikmalarga amidinlar ta’sir ettirib olinadi: Uning hosilasi barbitur kislota malon efir iva mochevinadan sintez qilinadi: Pirazinni -aminokarbonil birikmalardan avtokondensatsiyalanish reaksiyasi natijasida hosil qilish mumkin. Bu usulda avval digidropirazin hosil bo‘ladi, uni degidrogenlash natijasida pirazin olinadi: Pirazinni karbonil guruhlari tutuvchi hosilalarini xlorasetanilidlarning avtokondensatsiyalanish reaksiyasi orqali ham olish mumkin (N.A.Aliev): 1,4-Bis(aril)-2,5-diketopiperazinlar odatda aminokislotalar yoki ularning murakkab efirlaridan olinadi. Olti a’zoli ikki geteroatomli bashqa ba’zi geterohalqali birikmalarni (purinlar, nuklein kislotalari va h.k.) maxsus o‘rganish talab etiladi. Nazorat savollari: Olti a’zoli ikki geteroatom tutgan geterohalqali birikmalarini avtokondensatsiya reaksiyalari orqali olish usuli. Piridazin, pirimidin, pirazinlarning tuzilishini piridin molekulasi tuzilishiga solishtiring. Piridazin, pirimidin, pirazinlarning elektrofil va nukleofil almashinish reaksiyalari. Adabiyotlar V.I.Ivanskiy. Ximiya geterosiklicheskiy soedineniy. M.: «Vo‘sshaya shkola». 1978. S.320-350. O.Ya.Neyland. Organicheskaya ximiya. M.: Vo‘sshaya shkola». 1990. S.704-712. Download 121.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling