Ma`ruza №3 plm/pdm tizimlar. Alt tarkibi va strukturasi. Altning texnik (apparat) ta`minoti. Altning dasturiy komponentlari Reja
Download 16.77 Kb.
|
1 2
Bog'liqMa`ruza 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
Ma`ruza №3 PLM/PDM tizimlar. ALT tarkibi va strukturasi. ALTning texnik (apparat) ta`minoti. ALTning dasturiy komponentlari Reja:
Tayanch so`z va iboralar: CALS-texnologiya; Product Lifecycle Management; Product Data Management; mahsulotning raqamli maketi; Dasturiy-metodik va Dasturiy-texnik komplekslar; texnik (apparat) ta`minot; dasturiy ta`minot; axborot ta`minoti; metodik ta`minot; matematik ta`minot; lingvistik ta`minot; tashkiliy ta`minot. Product Lifecycle Management (PLM – mahsulotning hayot siklini boshqarish) tizimi – mahsulotning butun hayot davrida u haqida axborot bilan ta`minlashni real amalga oshiradigan PDM va ERPning funktsional imkoniyatlari asosidagi yaxlit axborot muhiti kontseptsiyasidir. PLM tizimi PDM (Product Data Management) tizimini o`z ichiga oladi. PDM (ingl. Product Data Management - mahsulot haqidagi ma`lumotlarni boshqarish) tizimi- bu tashkiliy-texnik tizim bo`lib, mahsulot haqidagi barcha ma`lumotlarni boshqarishni ta`minlaydi. Bunda mahsulot bo`lib barcha texnik murakkab texnik ob`ektlar (avtomobillar, samolyotlar va raketalar, kompyuter tarmoqlari va h.k.) xizmat qiladi. ERP (Enterprise Resource Planning - Korxona resurslarini boshqarish) tizimi - bu korxona masshtabida biznes muammolarni echish va barcha asosiy biznes jarayonlarini rejalashtirish, hisobini olib borish, nazorat va tahlil qilishni avtomatlashtirish axborot tizimidir. Tizim ma`lumotlari ishlab chiqarishni rejalash va boshqarish uchun asos bo`ladi; elektron arxiv bazasida yaxlit axborot muhitini faoliyatini ta`minlaydi; bir tomondan, loyihalash va rejalash bo`limlari orasidagi, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish bo`limlari orasidagi axborot almashinuvini tashkil qiladi. PDM ishlab chiqarishni loyihalash va tayyorlashni yengillashtiradi, CAD/CAE/CAM bilan boshqarish funktsiyalarni uzviy bog’liqligini amalga oshiradi. PDMning asosi bo`lib konkrekt korxonani strukturasini va o`ziga xosligini e`tiborga oluvchi normativ-ma`lumot bazasi xizmat qiladi. ALT va PLM orasidagi bunaqa munosabat bo`lishiga asosiy sabab shuki, ALTning ishlab chiquvchilari tarkibiga CAD/CAM/CAE modullari va PDM kiradigan kompleks PLM tizimlarini taklif qilishadi. PDM tizimi yordamida loyihalash, ishlab chiqarish yoki qurilish uchun hamda texnik mahsulotlarni ekspluatatsiya qilish, kuzatib borish va utilizatsiya uchun kerak bo`lgan katta massivli muhandislik-texnik axborotlar va ma`lumotlar kuzatib, belgilab boriladi. Ana shu bitta mahsulotga tegishli bo`lgan va PDM tizimida tashkil qilingan ma`lumotlar mahsulotning raqamli maketi deb ataladi. PDM tizimlar har qanday format va tipdagi axborotlarni integratsiyalaydi va foydalanuvchiga strukturalangan holda etkazadi, bunda struktura zamonaviy ishlab chiqarish xususiyatlariga bog’langan bo`ladi. PDM tizimlar faqat matnli hujjatlar bilan emas, balki avtomatlashtirilgan tizimlar va DRB stanoklar va boshqalar faoliyat ko`rsatishi uchun kerak bo`lgan geometrik modellar va ma`lumotlar bilan ham ishlaydi. Bunda bunaqa ma`lumotlarga murojaat qilish bevosita PDM tizimdan amalga oshiriladi. Nimtizimlar ALTning tarkibiy strukturaviy qismi bo‘lib, loyihalovchi tashkilotning tashkiliy strukturasi bilan chambarchas bog‘lanadi; ularda ixtisoslashgan vositalar kompleksi yordamida ALTning funktsional tugal masalalar ketma-ketligi yechiladi. Vazifasi bo‘yicha nimtizimlarni loyihalovchi va xizmat ko‘rsatuvchilarga ajratishadi. Download 16.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling