Ma’ruza №3. Qurilish mashinalari to‘G‘risida asosiy ma’lumotlar


Qurilish mashinalarining tasnifi


Download 108.44 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi108.44 Kb.
#1631641
1   2   3   4
Bog'liq
Maъруза №3

3.2. Qurilish mashinalarining tasnifi


Qurilish mashinalari vazifasi, bajaradigan ishining turi, yurish qismi, universalligiga qarab tasniflanadi.
Qurilish mashinalari vazifasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
tayyorlov mashinalari, yer qazish-tashish mashinalari, yer qazish mashinalari, tashish va yuklash-tushirish, yuk ko‘tarish mashinalari, ustun-qoziq qoqish mashinalari, tosh materiallarini qayta ishlash, saralash mashinalari, beton va qorishmalarni tayyorlash, tashish va yotqizish, zichlash mashinalari, pardozlash mashinalari, dastaki mashinalar va h.k. Har qaysi guruh mashinalarini guruhchalarga bo‘lish mumkin, masalan: yer qazish mashinalarini guruhchalarga bo‘lish mumkin: tayyorlov mashinalari, yer qazish-tashish va yer qazish mashinalari, gruntlarni zichlash mashinalariga bo‘lish mumkin. Yana bir misol: yuk ko‘tarish mashinalari to‘rtta guruhdan iborat: domkratlar, chig‘irlar, ko‘targichlar, kranlar. Har qaysi guruhcha ayrim uzellarining umuman mashinaning tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladigan ayrim turdagi mashinalardan iborat. Masalan: domkratlar reykali, vintli, gidravlik domkratlarga bo‘linishi mumkin.
Har qaysi mashina tur-o‘lchamlar qatoriga (modellarga) ega bo‘lib, ular tuzilishi bo‘yicha bir xil bo‘ladi, biroq ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha har hil bo‘ladi. Masalan; cho‘michini hajmi (sig‘imi), yuk ko‘tarishi, o‘lchamlari va massasi, ish unumi va boshqalar.
Ishlash prinsipi bo‘yicha davriy (siklik) ishlaydigan va uzluksiz ishlaydigan mashinalarga bo‘linadi. Davriy ishlaydigan mashinalarga misol qurilish kranlari, bir cho‘michli ekskavatorlar, buldozer, skreperlar va h.k.
Davriy ravishda ishlaydigan mashinalar bir xil operatsiyalarni ko‘p martalab takrorlaydi va sikl oxirida mahsulot beradi. Uzluksiz ishlaydigan mashinalar mahsulotni uzluksiz berib yoki tashib turadi. Masalan: konveyerlar, ko‘p cho‘michli ekskavatorlar va yuklagichlar.
Kuch jihozlarining turi bo‘yicha ichki yonuv dvigatelidan harakatga keltiriladigan, elektrik, gidravlik va pnevmatik dvigatellardan harakatga keladigan mashinalar bo‘ladi. Ko‘p qurilish mashinalari aralash yuritmali bo‘ladi. Masalan: elektrik-dizel, gidravlik dizel, pnevmatik dizel, elektr gidravlik.
Qo‘zg‘aluvchanlik darajasi bo‘yicha bir joyda muqim turadigan (statsionar), ko‘tarib yuriladigan va ko‘chma mashinalarga bo‘linadi. Ko‘chma mashinalar ishlash vaqtida yoki bir joydan boshqa joyga olib o‘tishda harakatlanadilar va o‘ziyurar (mashinalarning kupchiligi), tirkama va yarim tirkama bo‘lishi mumkin.
Ular traktorlar, avtomobillar, shataklarga (tyagach) tirkab ishlatiladi (2.1- rasm).

2 .1 - rasm. Bir va ikkn uqli shatakchilarning almashtirib ishlatiladigan uskunalari turlari:
1 — skreper; 2— grunt tashish aravasi; 3— kran; 4 — sement yoki suyuklnk uchun sisterna; 5—trayler; 6 — kran -quvur yotqizgich; 7 — transheya kovlagich; 8— kundakov moslamasi; 9 — buldozer; 10 — yumshatgich; 11 — yuklagich.
Universalligi bo‘yicha ko‘p maqsadlarga mo‘ljallangan universal mashinalar va ixtisoslashtirilgan mashinalar bo‘ladi. Universal mashinalar almashtirilib turiladigan turli ish jihozlari bilan ta’minlanadi. Masalan: bir cho‘michli ekskavatorlar. Ixtisoslashtirilgan mashinalarda bir turdagi ish jihozi bo‘ladi va faqat bitta texnologik operatsiyani bajaradi. Masalan: burg‘ilash, ustun-qoziq qoqish bolg‘alari, beton nasoslar. Yurish qismining turiga qarab, pnevmatik, relsda harakatlanuvchi, zanjirli va odimlovchi xillari bo‘ladi.

Download 108.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling