Ma’ruza №3. Qurilish mashinalari to‘G‘risida asosiy ma’lumotlar


Qurilish mashinalarining kuch manbalari (kuch qurilmalari)


Download 108.44 Kb.
bet4/4
Sana20.06.2023
Hajmi108.44 Kb.
#1631641
1   2   3   4
Bog'liq
Maъруза №3

3.4. Qurilish mashinalarining kuch manbalari (kuch qurilmalari)
Qurilish mashinalarining quvvat manbalari dvigatellarining soniga qarab, bir motorli va ko‘p motorli, turiga qarab o‘zgarmas va o‘zgaruvchan elektr toki bilan ishlaydigan motorli, ichki yonuv dvigatelli IYoD hamda ko‘p motorli kombinatsiyalashgan yuritmalar (elektrik dizel, gidravlik dizel) dan iborat bo‘ladi.
Bir va ko‘p motorli yuritmalar. Bir motorli yuritmalarda bitta kuch manbai hamma mexanizmlarni harakatga keltiradi.
Ko‘p motorli yuritmalarda esa, har qaysi mexanizm alohida motor bilan harakatga keltiriladi.
Bunda yuritmada turli tuzilishdagi muftalar yordamida mashinaning ayrim mexanizmlari ishga tushiriladi va to‘xtatiladi. Ko‘p motorli yuritmada esa har qaysi mexanizm yoki ularning guruhi alohida dvigatellar (motorlar) bilan harakatga keltiriladi. Ko‘pincha ko‘p motorli yuritmalarda ichki yonuv dvigateli elektr generatorni harakatga keltiradi, generator esa alohida mexanizmlarning elektr yuritmalarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Ichki yonuv dvigateli gidronasosni harakatga keltirishi, gidronasos esa suyuqlikni alohida dvigatellarning gidrodvigatellariga uzatishi mumkin.
Bir motorli yuritmalarning afzalligi shundaki, bu yuritmaning massasi ko‘p motorli yuritmaning barcha yuritmalarining umumiy massasidan kam bo‘ladi, tayyorlanishi oddiy va arzonga tushadi.
Ko‘p motorli yuritmada alohida mexanizmlarning ishini bir-biridan mustaqil ravishda rostlash, transmissiyalar sonini ancha qisqartirish, oson avtomatlashtirish mumkin. Ko‘p motorli yuritmalarning bu afzalliklari gidroyuritmalarning tuzilishi takomillashtirilishi munosabati bilan ulardan tobora keng foydalanishga imkon beradi. Bunda ko‘p motorli yuritmalarning massasi bir motorli yuritmalarning transmissiya bilan birgalikdagi massasiga yaqinlashadi.
Bir motorli yuritmaning kamchiligi shundan iboratki, unda alohida mexanizmlarga harakat uzatish uchun ko‘p sonli transmissiya talab etiladi. Bundan tashqari, bir motorli yuritmada harakatga keltiriladigan mexanizmlar o‘rtasida quvvatni mustaqil ravishda taqsimlab bo‘lmaydi.
Yuritma, binobarin, dvigatel ish yuklamalarining o‘zgarishini hisobga olgan holda tanlanadi. Mashinaning ish tartibi yuklamalarning o‘zgarish amplitudasi va takroriyligiga, vaqt birligi ichida ulanishlar soniga, reversivligiga va uzluksiz ishlash davomiyligiga bog‘liq.
Mashinaning to‘rt ish tartibi farq qilinadi:

  1. Yengil ish tartibi; eng katta yuklamaning o‘rtacha yuklamaga nisbati 1,1:1,3: ish harakatlari tezligi doimiy, ish harakatlari reversivlanmaydi, 1 soat ichidagi ulanishlar soni 20-30, kamdan-kam 50 bo‘ladi. Beton qorgich, qorishma aralashtirgichlar shu tartibda ishlaydi.

  2. O‘rtacha ish tartibi. Eng katta yuklamaning o‘rtacha yuklamaga nisbati 1,5:2,5; ish harakatlari o‘zgarib turadi; harakatlar kamdan-kam reversivlanadi; 1 soat ichidagi ulanishlar soni 200 ga yetadi. Skreperlar, greyder-elevatorlar, maydalagichlar, kranlar va yuklagichlar shu tartibda ishlaydi.

  3. Og‘ir ish tartibi eng katta yuklamaning, o‘rtacha yuklamaga nisbati 2:3; 1 soat ichidagi ulanishlar soni 1000 va undan ortiq bo‘lishi mumkin, tez-tez reversivlanadi. Bir cho‘michli elevatorlar, buldozerlar va boshqalar shu tartibda ishlaydi.

  4. Juda og‘ir ish tartibi zarbiy yoki titratuvchi xarakterda bo‘ladi. Tosh maydalagichlar xarsang tosh qaziydigan ekskavatorlar shu tartibda ishlaydi.


Nazorat savollari:

  1. Qurilish mashinalari qanday asoslarga asosan sinflarga bo‘linadi?

  2. Qurilish mashinalariga qanday talablar qo‘yiladi?

  3. Iqtisodiy talab nima?

  4. Konstuktiv talab nima?

  5. Ijtimoiy talab nima?

  6. Foydalaniish talab nima?

  7. Qurilish mashinalarining ish unumdorligi qanday aniqlanadi?

Download 108.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling