Ma’ruza №3: Tabiiy sharoitlar. Injenerlik qidiruv ishlari. Reja


Qurilishning quyidagi asosiy turlari yordamida hududda muhandislik rejalashtirish amalga oshiriladi


Download 247.86 Kb.
bet3/4
Sana15.03.2023
Hajmi247.86 Kb.
#1271364
1   2   3   4
Bog'liq
3-ma\'ruza taqdimot (2)

Qurilishning quyidagi asosiy turlari yordamida hududda muhandislik rejalashtirish amalga oshiriladi:

  • tuproq massasini joylashtirish, sepish va chuqur qazish uskunasi bilan bog‘liq yer ishlari;
  • Yuzadagi suvlarni chiqarib tashlashning ochiq yoki yopiq qurilmalari;
  • SSSni pasaytirish zarurati bo‘lganda drenaj tizimlari qurilishi;
  • Hududning yuzasini barqarorlashtirish va boshqa maqsadlar (himoya devorlari, to‘g‘onlar va boshqalar)dagi inshootlarni qurish;
  • To‘ldirilgan nishablarni va daralardagi tabiiy nishablarni, yemirilgan joylarni va daryo sohillarini mustahkamlash

Muhandislik rejalashtirish bo‘yicha iqtisodiy masalalar.

  • Muhandislik qurilmalariga, obodonlashtirish muhandisligiga va MTga shaharning turar-joy qismiga ajratilgan umumiy mablag‘ning 25%ga yaqini sarflanadi;
  • Muhandislik tayyorlashga umumiy mablag‘ning 3-4% atrofida (alohida noqulay sharoitlarda 8-9%);
  • 6% gacha qiyalikdagi relyefdagi qurilishlarda 5-7%;
  • Yuqori SSS (sizot suvlar sathi) hududlarida – taxminan 2-4%.

2. Muhandislik tadqiqotlari

  • Muhandislik rejalashtirish masalalarini hal qilish va aniq bir tadbir yoki inshootni rejalashtirish uchun tabiiy sharoitlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Bu ma’lumotni olish uchun esa muhandislik tadqiqotlarini o‘tkazishni talab qiladi.
  • Kompleks tadqiqotlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
  • Topografo-geodezik ishlar;
  • Injenerno-geologik va gidrologik tadqiqotlar;
  • Yer va tuproq, iqlim ma’lumotlari va sanitar sharoitlarining xarakteristikasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar

Topografo-geodezik ishlar


Topografo-geodezik ishlar joyni tasvirga olish, proekt-rejalash ishlarining asosi bo’lib xizmat qiladigan xarita va rejalarni tuzishdan iborat.
    • Shu rejalar asosida hududning muhandislik-shaharsozlik baholashi amalga oshiriladi.
    • Muhandisik rejalashtirish tadbirlarini tuzishda kerakli materiallar shaharning bosh rejasi, detalli reja va qurilish loyihasi hisoblanadi.

Download 247.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling