1 massa birligidagi moddani 1 K ga isitish uchun ketgan issiqlikga aytiladi; solishtirma va molyar issiqlik sig’imlari qo’llaniladi. Solishtirma issiqlik sig’imi –yuqorida keltirilgan. 1 mol moddani 1 K ga isitish uchun ketgan issiqlik miqdoriga molyar issiqlik sig’imi deyiladi. Ko’pincha molyar issiqlik sig’imi qo’llaniladi. Sharoitga qarab o’zgarmas xajmdagi issiqlik sig’imi (Cv) va o’zgarmas bosimdagi issiqlik sig’imi (Cp) larga bo’linadi. Bundan tashqari chin va o’rtacha issiqlik sig’imlari mavjud. Chin issiqlik sig’imi deb, sistemaning tempreraturasini cheksiz kam o’zgarishi uchun kerak bo’lgan issiqlik miqdorining shu temperatura miqdoriga nisbatiga aytiladi. - Modda T1 dan T2 gacha isitilganda sarflangan issiqlik (Q) miqdorining temperatura o’zgarishiga nisbati o’rtacha nisbati issiqlik sig’imi deb ataladi.
- Bu tenglamadan foydalanib biri orqali ikkinchisini topish mumkin. Shu erda aytib o’tish kerak- termodinamik ifodalarda odatda chin issiqlik sig’imi nazarda tutiladi.
- Ko’pgina termodinamik hisoblashlarda moddalarning issiqlik sig’imlari va ularning temperaturadagi bog’likligini bilish zarur. Xar xil temperaturadagi issiqlik sig’imlari tajribadan yoki nazariy xisoblar orqali topiladi.
- Issiqlik sig’imlarining xar xil temperaturalardagi qiymatlarini odatda interpolyastion tenglamalar orqali topiladi:
- Cp = a + bt + c1/T2 yoki
- Cp = a+ bt + cT2 + dT3
- Bu erda a, b, c, c1, d koeffistientlarni, ma’lumotnomalardan olish mumkin (ular berilgan temperaturalar oralig’i uchungina o’rinlidir).
|