Ma’ruza-4 Tеrmоdinаmikаning ikkinсhi qоnuni Tayanch iboralar
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Maъруза-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1.
Ma’ruza-4 Tеrmоdinаmikаning ikkinсhi qоnuni Tayanch iboralar: Entropiya, Qаytаr vа qаytmаs jаrаyonlаr, Karno sikli, Karateadori prinsipi, fоydаli ish kоeffisiеnti. Reja: 1. Tеrmоdinаmikаning 2- qonuni. Uning аnаlitik ifоdаsi. 2. Karateodori prinsipi va uning ta’rifi. 3. Qаytаr vа qаytmаs jаrаyonlаr. 4. Kаrnо sikli vа uning fоydаli ish kоeffisiеnti Jarayonlarning yo‘nalishi va borish chegaralarini aniqlash uchun termodinamikaning birinchi qonuni yetarli emasligi haqidagi xulosa termodinamikaning ikkinchi qonunini o‘rnatishga olib keldi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni tabiatning umumiy qonunidir va u birinchi qonunga o‘xshab postulat hisoblanadi. Termodinamikaning ikkinchi qonunini nazariy keltirib chiqarib bo‘lmaydi, u termodinamikaning birinchi qonunidek, insoniyat barcha tajribasining umumlashuvidan iboratdir. Termodinamika ikkinchi qonunining isboti bo‘lib, undan kelib chiqadigan barcha xulosalarning hozirgacha tajribada tasdiqlanib kelishi xizmat qiladi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni sistemada ayni harorat, bosim va konsentratsiyalarda qaysi jarayon o‘z-o‘zidan keta olishini, uning qancha ish bajarishini, ayni sharoitda sistemaning muvozanat holati qanday ekanligini ko‘rsatadi. Termodinamikaning ikkinchi qonunidan foydalanib, biror jarayonni amalga oshirish uchun qanday sharoit yaratish lozimligini aniqlash mumkin. Agar termodinamikaning birinchi qonuni har qanday sistemaga tatbiq qilinishi mumkin bo‘lgan absolyut qonun bo‘lib, makro- va mikrosistemalardagi har qanday jarayonlarga tegishli bo‘lsa, ikkinchi qonun–energiyaning sochilish qonuni– statistik tabiatga ega va ko‘p sonli zarrachalardan iborat, ya’ni statistika qonunlariga bo‘ysunuvchi, sistemalargagina tatbiq qilinishi mumkin. Juda ko‘p molekulalardan iborat termodinamik sistema uchun termodinamika-ning ikkinchi qonuni ishonchlidir. Ammo u kam sonli zarrachalardan iborat sistemalarga qo‘llanganda o‘zining ma’nosini yo‘qotadi. Bunday sistemalarda termodinamikaning ikkinchi qonuniga zid bo‘lgan jarayonlar tajribada kuzatiladi. Haqiqatdan ham, molekulalarning issiqlik ta’siridagi xaotik harakati natijasida, ularning juda kichik hajmdagi soni doimo o‘zgarib turadi. Bunday “tasodifiy” o‘zgarishlar natijasida sistemaning zichligi o‘zgaradi– fluktuatsiyalar kuzatiladi. Termodinamik sistemalarda (makro-sistemalarda) fluktuatsiyalarning deyarli ta’siri yo‘q va ular hech qanday rol o‘ynamaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni statistik termodinamikada to‘laroq fizikaviy nuqtai nazardan tushuntiriladi. U statistik termodinamika postulatlaridan keltirib chiqarilishi mumkin. Termodinamika ikkinchi qonunining umumiy ta’riflari Karno va Klauziusning tadqiqotlarida berilgan. XIX asrning o‘rtasida Klauzius, Maksvell va Kelvinlar ushbu qonunning olamshumul ahamiyatini ko‘rsatdilar. Termodinamikaning Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling