Ma’ruza-4 Tеrmоdinаmikаning ikkinсhi qоnuni Tayanch iboralar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana12.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1699674
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maъруза-4

ikkinchi 
qonuniga 
yaqin 
fikrlarni 
birinchi 
bor 
M.V.Lomonosov aytib o‘tgan. XIX asrning oxirida Maksvell, Bolsman va 
Gibbslar termodinamika ikkinchi qonunining statistik xususiyatini o‘rnatdilar va 
statistik mexanikaga asos soldilar. Termodinamikaning ikkinchi qonunini asoslash 
dvigatellarning sifatini yaxshilashga qaratilgan urinishlar bilan ham bog‘liq. 
Abadiy dvigatelni qurish mumkin emasligi aniq bo‘lgandan so‘ng, olimlarning 
fikrini boshqa bir, ya’ni jismning ichki energiyasini ishga aylantirib beruvchi
davriy ravishda ishlaydigan mashinani qurish mumkinmi, degan g‘oya egallab oldi 
(masalan, okeanning suvidan energiyani (issiqlikni) olib ishlaydigan dvigatelli 
paroxod qurish fikri). Termodinamika birinchi qonuni, ya’ni energetik balans 
nuqtai nazaridan bunday dvigatelni qurish mumkin. Bu g‘oya amalga oshishining 
ahamiyati abadiy dvigatel yaratish bilan barobar bo‘lar edi. Haqiqatdan ham
odamzot okean suvlarida, atmosferada va yer qobig‘ida mujassamlashgan issliqlik 
energiyasining cheksiz zaxiralarini ishga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘lganda 
edi, bu abadiy dvigatel qurish bilan teng ahamiyatli bo‘lardi. Masalan, 
okeanlarning suvlarini 0,01 darajaga sovutish hisobiga Yer sharidagi sanoat 
korxonalarini 1500 yil davomida ta’minlaydigan energiyaga ega bo‘lar edik. 


Shuning uchun ham bunday mashinani ikkinchi tur abadiy dvigatel deb atashdi va 
uni qurishga harakat qilishdi. Ammo bu urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Tabiatning qandaydir umumiy qonuni borligi va u ikkinchi tur abadiy 
dvigatelni yaratishga to‘sqinlik qilayotgani ma’lum bo‘lib qoldi. Ushbu xulosani 
termodinamika ikkinchi qonunining umumiy ta’rifi desa bo‘ladi: 
–sistemada hech qanday o‘zgarishsiz, faqatgina issiqlik rezervuarining 
issiqligi hisobiga davriy ravishda ishlaydigan mashinani, ya’ni ikkinchi tur abadiy 
dvigatelni qurib bo‘lmaydi yoki ikkinchi tur abadiy dvigatel, ya’ni hech qanday 
qo‘shimcha energiya sarf qilmay turib, faqat atrofdagi muhitning issiqligi hisobiga 
ish bajaruvchi mashinaning bo‘lishi mumkin emas (Ostvald ta’rifi). 
Umumiy ta’rifdan quyidagi xulosa kelib chiqadi: 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling