Ma`ruza 5 Joyning plan, karta va profili. Masshtablar. Darsning maqsadi


Download 141.55 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi141.55 Kb.
#1059618
1   2   3   4
Bog'liq
Joyning plan, karta va profili. Masshtablar

Profil`. Chizg’iy inshootlarda (yo`l, kanal va boshqalarda) planiy loyihalash kifoya qilmaydi. Bunda ma`lum chiziqdagi nuqtalarning vertikal tekislikdagi o`rinlari ham vertikal tekislikda tasvirlanishi kerak bo`ladi. Joyda bir yo`nalishdagi chiziqning vertikal kesimining qog’ozdagi kichraytirilgan tasviri profil` deyiladi. Profilda chizg’iy inshootlar loyihalanadi. 5.1-shaklda rel`efning harakterli nuqtalari A, B, C va D larning sathiy yuzadan balandligi N lar topilgan (5.1-shakl). Keyin shu otmetkalar bo`yicha profil` chizilgan. Buning uchun OR to`g’ri chiziq olinib, O dan joydagi dl, d2, d3 lar gorizontal masofa masshtabi bo`yicha qo`yilib, M, N, P nuqtalar topiladi (5.1-shakl, b). Bu masofalar qatoridan yuqoridagi qatorga nuqta otmetkalari yoziladi. Otmetka qiymatlari vertikal masshtab bo`yicha qo`yilib topilgan a, b, c va d nuqtalar bilan tutashtirilsa, vertikal tekislikdagi abcd siniq chiziq, yasaladiki, bu chiziq joydagi ABCD ning profili bo`ladi.
Masshtablar. Plan, karta va profil` joyda o`lchangan gorizontal, vertikal uzunliklarni bir necha marta kichraytib qog’ozga tushirish orqali chiziladi. Uzunlikni kichraytib yoki kattalashtirib ifodalash masshtab deyiladi. Plandagi kesma uzunligi l ning shu kesmaning joydagi uzunligi L ga bo`lgan nisbati plan masshtabi deb ataladi. Kichraytish darajasini son yoki chiziq bilan ifodalash mumkin; shunga ko`ra, masshtab sonli va chizig’iy (grafik) bo`ladi. Surati bir bo`lib, maxraji kichraytish darajasini ko`rsatuvchi oddiy kasr sonli masshtab deyiladi. Masalan, plandagi l=5 sm joydagi L=100 m bo`lsa, planning sonli masshtabi bo`ladi, ya`ni plan chizishda joyda o`lchangan chiziq o`zunligi 2000 marta kichraytib qog’ozga tushiriladi. Sonli masshtab maxraji kichik son bo`lsa, yirik masshtab, katta son bo`lsa, mayda masshtab deyiladi. Masalan, -yirik, -mayda masshtab. Injenerlik geodeziyasi ishlarida , , , va masshtablar ko`proq qo`llaniladi.
Kichraytish darajasini ko`rsatuvchi sonli masshtab maxrajini M desak, bo`ladi. Bundan
L=M l (5.1)
kelib chiqadi. Plan asosan chizg’iy masshtab bo`yicha chiziladi.
Kichraytirish uzunlik birligi bilan ifodalansa, bunday masshtab chizig’iy masshtab deyiladi; chizig’iy masshtab oddiy va ko`ndalang chizig’iy masshtablarga bo`linadi.
Oddiy chizig’iy masshtabda kichrayish bir to`g’ri chiziq kesmalari orqali graG’ikaviy ravishda ifodalanadi. Bir AB to`g’ri chiziq chap uchidan boshlab, 2 sm dan qo`yib chiziladi. 2 santimetrli har bo`lak msshtab asosi deyiladi va a bilan belgilanadi.

5.2-shakl.

Chapdagi birinchi asosi 10 ga teng bo`lakka bo`linadi (5.2-shakl). Asosining o`ndan bir bo`lagi, ya`ni eng kichik bo`lak r dir.


Shunda bo`ladi. Masalan, sonli masshtab 1:1000 bo`lsa, plandagi 1 sm joydagi 10 m ga, 2 sm—20 m ga to`g’ri keladi, bunda a=20 m. Asos 10 bo`lakka bo`linganda bir bo`lakning qiymati m bo`ladi. Birinchi asosning o`ng uchiga hamisha 0, chap uchiga esa asosning a qiymati (misolda 20) yoziladi. Qolgan asoslarning o`ng uchiga to`g’ri kelgan qiymatlari shakldagi kabi (20, 40, 60) yoziladi. Masshtab bo`yicha 47 m ni ko`rsatish uchun o`lchagichning bir oyog’i 40 yozilgan bo`lakka, ikkinchi oyog’ini esa 0 dan chapdagi 3,5 bo`lakka qo`yiladi (0,5 m gacha chamalab olinadi). Oddiy chizig’iy masshtabning aniqligi kichik bo`lganidan, injenerlik ishlarida ko`proq ko`ndalang masshtab ishlatiladi.
Ko`ndalang chizig’iy masshtab geometriya qoidalariga asoslangan formula bo`yicha yasalib, bunda chiziq uzunliklari aniq topiladi. Masshtab yasash uchun AG’ to`g’ri chiziqning chap uchidan 2 santimetrli AB=BC=CD kesmalar qo`yib chiqiladi (5.3-shakl). Bular masshtab asoslari deyiladi. Asosning joydagi uzunligini a bilan belgilaylik. Asoslar uchidan chiqarilgan per-pendikulyarning uzunligi ixtiyoriy olinadi, ya`ni AK=BN va hokazo.


Download 141.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling