Ma`ruza 5 Joyning plan, karta va profili. Masshtablar. Darsning maqsadi


Planda siniq chiziq uzunligini aniqlash


Download 141.55 Kb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi141.55 Kb.
#1059618
1   2   3   4
Bog'liq
Joyning plan, karta va profili. Masshtablar

Planda siniq chiziq uzunligini aniqlash. Plandagi to`g’ri chiziq uzunligining qiymatini aniqlashda chiziq uzunligi o`lchagichda olinib, so`ngra masshtabga qo`yiladi. Agar planda uzunligi aniqlanishi kerak bo`lgan chiziq bir necha kalta av, vs, ... chiziqlardan iborat bo`lsa, (5.5-shakl) abcde uzunligini aniqlashda har bir kalta chiziq uzunligini alohida aniqlab, keyin ular bir-biriga qo`shiladi. Buning o`rniga siniq chiziqlardan bir chiziq yasab, keyin uning uzunligini topish qulay. Masalan, qirkul` uchini d ga qo`yib, de radiusi bo`yicha yoy chiziladi-da, cd davomidagi e topiladi. Keyin s markazdan se radius bo`yicha yoy chizib, vs davomidagi s' topiladi. Oxirida v ni markaz qilib, vs' radius bo`yicha yoy chizilib, v' topiladi. So`ngra hosil bo`lgan av' hamma chiziqlar yig’indisi bo`lganidan uning uzunligi masshtab bo`yicha aniqlanadi.
Planda egri chiziq uzunligini aniqlash. Plan yoki kartadagi egri chiziq uzunligini aniqlashda kurvimetr nomli maxsus pribor ishlatiladi (4.6-shakl). Kurvimetr chiziqning bosh nuqtasiga qo`yiladi va shkalasidai strelka 2 bo`yicha sanoq p1 olinadi. Keyin kurvimetrning g’ildiragi 1 tekislikka perpendikulyar qo`yilib, chiziq bo`yicha yurgiziladi va oxirgi nuqtada to`xtab, sanoq p2 olinadi. Shunda chiziqning uzunligi L= (n2-n1) bo`ladi. - kurvimetr shkalasi bir bo`lagining qiymati, qiymatini aniqlash uchun uzunligi ma`lum Lo chiziq bo`yicha bir necha marta yurgizib, p1, p2 sanoqlar olinadi va bu sanoqlar ayirmasi topiladi; ayirmalarning o`rtachasi (p2-p1)0 hisoblanadi. Shunda bo`ladi.



5.5-shakl. 5.6-shakl. Kurvimetr


Tayanch iboralar: plan, kontur, tafsilot, sfera, topografik plan, karota, yirik masshtabli, o`rta masshtabli, mayda masshtabli, topgrafik kartalar, geografik karta, profil`, chizg’iy inshoot, masshtab, plan masshtabi, kichraytirish darajasi, sonli va chizg’iy masshtab, yirik va mayda masshtab, uzunlik birligi, chizg’iy masshtab, ko`ndalang va oddiy chizg’iy masshtab, transversal, normal yuzli masshtab, masshtab aniqligi, grafik aniqlik, o`tma masshtab, siniq chiziq, egri chiziq, kurvimetr.
Download 141.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling