Ma`ruza №6 Ma`ruza mavzusi: Gemodinamikaning asosiy ko`rsatkichlari Qon bosimi. Yurak va tomirlarning nerv va gumoral boshqarilishi. Ma`ruza mashg’ulotining o`qitish texnologiyasi
Download 53.24 Kb.
|
Ma`ruza №6 Ma`ruza mavzusi Gemodinamikaning asosiy ko`rsatkichl-fayllar.org
Arterial pul’s
Ateriyalardagi bosimning sistolada kutarilishi sababli arteriya devorining ritmik tebranishi arterial pul’s deb ataladi. Yuzada yotgan xar kanday arteriya: a.radialis, a.temporalis, a.dorsalis pedis va shu kabilarni ushlab kurib, arteriya pul’satsiyasini bemalol sezish mumkin.Pul’s tulkini (boshqacha aytganda, bosimning kutarilish tulkini) qorinchadan Qon otilib chikib aortadagi bosim keskin kutarilganda va shu sababli aorta devori chuzilganda vujudga keladi. Pul’s tulkini va arteriya devorining shunga alokador tebranishi aortadan arteriolalar va kapillyarlarga muayyan tezlik bilan tarkaladi va kapillyarlarda sunadi.Pul’s tulkinining tarkalish tezligi Qonning okish tezligiga bog’liq emas. Arteriyalarda Qon okishining chizikli tezligi 0,3-0,5 m/sek dan ortmaydi, yosh-yalanglarda va o’rta yashar odamlarda Qon bosimi va tomirlar elastikligi normal bulganda pul’s tulkinining tarkalish tezligi aortada 5,5-8 m/sek, periferik arteriyalarda esa 6-9,5 m/sek. YOsh ortishi bilan tomirlar elastikligi kamaygan sayin pul’s tulkinining tarkalish tezligi (ayniksa aortada) ortadi. Ayrim pul’s tebranishini sinchiklab analiz qilish uchun u xarakatlanayotgan kogoz yoki fotoplyonkaga maxsus asboblar – sfigmograflar yordamida kayd kilinadi. Sfigmograflarning turli modellari mavjud. Ularning bir xillari pul’s tebranishlarini engil richaglar yordamida, boshqalari kul yoki oyokka boglanadigan manjeta yordami bilan pnevmatik usulda, uchinchilari – optik usulda kayd qiladi. Xozirgi vaqtda pul’sni tekshirish uchun datchiklardan foydalanishadi, ular arteriya devorining mexanik tebranishlarini elektr uzgarishlariga aylantirib, kayd qiladi.Aorta bilan yirik arteriyalarning pul’s egri chigida (sfigmogrammada) ikki asosiy qism: anakrota (egri chizikning kutarilishi) va katakrota (egri chizikning tushishi) ajratiladi. Anakrotik kutarilish Qon xaydalish fazasining boshlarida yurakdan otilib chikkan Qon ta`sirida arterial bosimning kutarilishi va shu sababli arteriyalar devorining chuzilish okibatidir. Qorincha sistolasining oxirida undagi bosim pasaya boshlashi bilan egri chizikning katakrotik tushishi boshlanadi. Qorincha bushasha boshlab undagi bosim aortadagi bosimga nisbatan pasayganda arterial sistemaga otilib chikkan Qon orqasiga - qorincha tomonga xarakatlanadi; arteriyalardagi bosim pasayadi va yirik arteriyalarning pul’s egri chizigida chukur uyma – intsizura paydo bo’ladi. Birok Qon yuraka kaytib kelayotganda tusikka duch keladi, chunki yarimoy klapanlar Qonning teskari tulkini ta`sirida yopilib, Qonning yurakka kaytib kirishiga tuskinlik qiladi. Qon tulkini yarimoy klapanlariga urilib kaytadi va bosim kutarilishining ikkilamchi tulkinini xosil qiladi, bu tulkin ta`sirida arteriyalar devori yana chuziladi. Natijada sfigmogrammada dikrotik (ikkilamchi) kutarilish paydo bo’ladi. Aorta va undan bevosita boshlanadigan yirik tomirlarning markaziy pul’s deb ataluvchi pul’s egri chizigi va periferik arteriyalarning pul’s egri chizigi shaklan bir-biridan picha fark qiladi. Download 53.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling