Ma`ruza №6 Ma`ruza mavzusi: Gemodinamikaning asosiy ko`rsatkichlari Qon bosimi. Yurak va tomirlarning nerv va gumoral boshqarilishi. Ma`ruza mashg’ulotining o`qitish texnologiyasi


Download 53.24 Kb.
bet8/13
Sana22.10.2023
Hajmi53.24 Kb.
#1715312
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ma`ruza №6 Ma`ruza mavzusi Gemodinamikaning asosiy ko`rsatkichl-fayllar.org

Mikrotsirkulyatsiya. Kapillyarlarning xayotiy jarayonlardagi axamiyati shuki, Qon va tukimalar orasida modda almashinuvi kapillyarlar devori orqali sodir bo’ladi. Kapillyarlar devori fakat bir kavat endoteliy xujayralaridan iborat, Qondagi erigan moddalar shu xujayralar orqali diffuziyalanadi. Qon aylanish katta doirasidagi jami kapillyarlar bir necha milliarddan oshadi, shuning uchun kapillyarlar soxasida Qon yuli ancha kengaygandir. Ishlab turgan barcha kapillyarlar ko’ndalang kesimining yigindisi aorta ko’ndalang kesimidan 600-800 baravar ortik. Kapillyarlarda Qon okish tezligi aortada Qon okish tezligidan 600-800 baravar kam bo’iib, 0,3-0,5 mm/sek ni tashqil qilishi xam shuni ko’rsatadi. eritrotsitlarning kapillyarlarda siljishini bevosita mikroskopda kuzatib, bu tezlikni ulchash mumkin.Xar bir ayrim kapillyarning buyi 0,3-0,7 mm, diametri taxminan 8 mk.Xisoblarga kura, muskul kapillyarlaridagi 1 ml Qon kapillyar endoteliy-sining 0,5 m2 yuzasiga tegib utadi. Qon kapillyarning yo’pka devoriga tegib turadigan yuza shunday katta bulganidan bu erda sodir buluvchi modda almashinuviga, jumladan Qon bilan tukima orasidagi gaz almashinuviga yordam beradi.
Turli organlardagi kapillyarlarning shakli va kattaligi xar xil. Ulardagi kapillyarlarning umumiy soni xam turlicha. Modda tez almashinadigan tukimalarning 1 mm2 ko’ndalang kesimidagi kapillyarlar soni modda almashinuvi sust bulgan tukimalardagiga nisbatan bir necha baravar kup. Masalan, yurakning 1 mm2 kesimidagi kapillyarlar soni skelet muskulidagiga karaganda 2 baravar kup.Kapillyarlarning ikki xilini ajratishadi. Bir xili arteriolalar bilan venulalar orasida eng katta yulni xosil qiladi (ularni magistral kapillyarlar deb atashadi). Boshqalari magistral kapillyarlarning yon shoxlaridir; bular bir kapillyarlarning arterial oxiridan boshlanib, ikkinchi kapillyarning venoz oxiriga kuyiladi. Ana shu yon shoxchalar kapillyar turini xosil qiladi. G.I.Mchedlishvili ma`lumotlariga karaganda, magistral kapillyarlarda Qon okish tezligi uning yon shoxchalaridagi Qon okish tezligidan katta.Kapillyarlardagi Qon bosimi bevosita ulchangan: binokulyar lupa bilan kuzatib turib, kapillyardagi Qon okimiga teskari yunalishda ingichka kanyulya kiritib, uni fiziologik eritma tuldirilgan byuretkaga ulashgan. Byuretkadagi bosimni istagancha uzgartirish va ulchash mumkin. Kanyulyaga kirgan eritrotsit kapillyar tomonga kanyulya tomonga xam siljimay, bir joyda turgan takdirda byuretkadagi bosim kapillyardagi bosimga teng bo’ladi.
Yurak bilan bir xil balandlikda turgan kapillyardagi bosim uning arterial oxirida taxminan 25-30 mm, venoz oxirida esa 8-12 mm.Skelet muskulining 1 mm2 ko’ndalang kesimiga tugri keladigan kapillyarlarning umumiy sonini. A.Krog va shogirdlari aniklashgan. Organizmning xayot davrida tush’ bilan buyalgan tukimalardagi kapillyarlarni sanashgan. It muskulining 1 mm2 ko’ndalang kesimidagi kapillyarlar soni taxminan 2500 ekanligi ma`lum. Maxsus tajribalarda Krog tukimalarda kislorodning diffuziyalanish tezligini anikladi va shu ma`lumotlarga asoslanib, muskulda Qon xamma vaqt uning barcha kapillyarlaridan utgan takdirda muskul tukimasidagi kislorod tarangligi kapillyar Qondagi kislorod tarangligiga teng kelishi kerak edi, degan xulosaga keldi. Lekin tinch xolatdagi muskulda kislorod tarangligi juda kam (nolga yakin) ekan. Bundan anglashiladiki, muskul tinch turganda qon uning ozgina kapillyarlari, ya`ni “navbatchi” kapillyarlar orqali okadi, kolgan kapillyarlar esa berk bo’iib, qon o’tkazmaydi. Krog bir hayvonning ishlayotgan va ishlamayotgan oyogidagi kapillyarlarni sanab, xakikatda xam shunday ekanligi kursatib berdi. Dengiz chuchkasi muskulining 1 mm2 ko’ndalang kesimiga jami 3000 kapillyar tugri kelishi, bu miqdor ish vaqtida 2500, tinch turganda esa 31-270 bo’lishi aniklangan.
Muskul tinch turganda bir gurux “navbatchi” kapillyarlar ikkinchi guruxi bilan almashinib turadi. Bir gurux kapillyarlarning berqilish, ikkinchi guruxning esa ochilish sababi xozircha noma`lum. Aftidan, maxsus zapas kapillyarlar yuk, barcha kapillyarlar muayyan paytda “navbatchi” bula oladi.Berk kapillyarlar keskin tonus xolatida bo’lishini Krog anikladi. Organizmning xayot vaqtida ularni xatto yukori arterial bosim bilan xam Qonga tuldirib bo’lmaydi, xolbuki atonik kapillyarlarni ozgina bosim bilan xam Qonga tuldirish mumkin.
Kapillyarlar devori fakat endoteliydan iborat bo’iib, muskul elementlari yuk, shuning uchun kapillyarlar kanday qilib berqiladi, degan savol tugildi. Kapillyar devorini xar joy-xar joydan utib turuvchi maxsus panjasimon xujayralar (Ruje xujayralari)ning qisqarishi tufayli kaspillyar berqiladi, deb faraz kilindi. Xozir bu fikr rad etildi. Arteriolalardagi bosim miqdori kapillyarlar diametrining uzgarishida katta rol’ uynaydi. Arteriolalardagi bosim kutarilganda ishlayotgan kapillyarlar kupayadi. Arteriolalar kapillyarlarning Qonga tulishini boshqaruvchi “jumraklar” vazifasini utaydi.


Download 53.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling