Ma’ruza №6 Mavzu. Texnik nazorat ob’ekti va sub’ektlari. Sifat nazorati xizmatlari
Download 34.09 Kb.
|
1 2
Bog'liq6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqlimiy ta’sirlar
MA’RUZA №6 Mavzu. TEXNIK NAZORAT OB’EKTI VA SUB’EKTLARI. SIFAT NAZORATI XIZMATLARI REJA: 6.1. Iqlimiy faktorlar. 6.2. Biologik ta’sirlar. Tayanch so’zlar: iqlimiy ta’sir, ekspluatatsiya, ta’sir davomiyligi, zonalar, mahsulot konstruktsiyasi,atrof muxit, temperatura, mexanik kuchlanganlik, germetizatsiya, biologik ta’sir, lat yeyish. Iqlimiy ta’sirlar. Iqlimiy ta’sirlar mahsulotlarga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.zamonaviy mahsulotlarning ishlashiga katta ta’sirni ekspluatatsiya rejimining temperaturasi ko’rsatadi, uning asosiy ko’rsatkichi – yil davomida xarortning maksimal va minimumlari. Xarorat o’zgarishining belgilab beruvchi asosiy faktorlar – xudu kengligi, kontenentallik darajasi va topolgik sharoitlar. Birinchi 2 faktorning ta’siri xaroratni bir xil va ketma-ketligini o’zgarishi bilan tushuntiriladi. Topografik sharoitlar ushbu bir tekislikda yo’nalishni buzadi (dengiz satxining balandligi va relьef shakli). Ko’rib o’tayotgan tabiiy iqlimiy sharoitlarga yakun qilayotganda quyidagini xulosa qilish mumkin: ekspluatatsiya turli zonalari uchun turli birliklar xarakterli va klimatik faktorlarning ta’sir davomiyligiga xam turlicha bo’lishi mumkin. Ushbu faktorlarning ta’siri ostida elementlarda murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar kechadi, elementni xususiyatini o’zgartiradi va mahsulotni ishdan chiqishiga olib keladi. SHuning uchun mahsulot konstruktorlash loyixalovchi mahsulotni ishonchli ishlashini kafolatlovchi iqlimiy faktorlar ta’sir qiymatlarini xisobga olishi kerak, bundan tashqari ushbu faktorlar ta’sir qilgan elementlar xarakteristikasi qanday o’zgarishi xaqida ma’lumotlarga xam ega bo’lishi kerak. 6.1-jadvalda elementlarni montaj qilish va mahsulotlarni ob’ektlarga o’rnashtirish uchun tabiiy iqlimiy ta’sir faktorlarining ruxsat etilgan qiymatlari keltirilgan ushbu faktorlarning ruxsat etilgan qiymatlari mahsulotni konstruktiv bajarilishiga bog’liq, bu esa mahsulot ishlayotgan iqlimiy sharoit tabiiy va sun’iy ta’sir yig’indisidir. Oxirgisi esa tabiiyki mahsulotning konstruktiv bajarilishi bilan aniqlanadi, demak ushbu ta’sirlarni ta’sir qilishini boshqarish mumkin. Mahsulot konstruktsiyasida chiziqli kengayish temperatura koeffitsienti turli materiallar qismlari bir-birlari bilan jipslashishi va mahsulotlar uchun atrof muxit xaroratini keskin oshib yoki ko’tarilib ketishi katta xavf tug’diradi. T temperaturalar farqida konstruktsiyaning ikki xil metallar jipslashtirilgan joyda Y=E(1-2) T mexanik kuchlanganlik xosil bo’ladi, bu yerda Ye – qattiqlik moduli; 1 va 2 –materialning temperatura koeffitsienti. Mexanik kuchlanganlik mahsulotni temperatura o’ynashlariga bardoshliyligini aniqlab beradi. Agar Y qiymat ruxsat etilgan qiymatdan oshib ketsa mahsulotning konstruktsiyasi buziladi. Mahsulotlar elementlarini ekspluatatsiyalashda tabiiy iqlimiy ta’sir faktorlarining ruxsat etilgan qiymatlari. 6.1-jadval
Eslatma: 1-ochiq xavoda joylashgan mahsulotning tashqi montaj elementlari; 2-naves ostida joylashtirilgan mahsulotning tashqi montaj elementlariga va ochiq xavoda joylashtirilgan mahsulotning ichki montaj elementlari; 3-iqlimiy sharoitlarni sun’iy boshqaruvchisiz xonada o’rnatilgan mahsulot elementlari; 4-iqlimiy sharoitlarni sun’iy boshqaruvli xonada joylashtirilgan mahsulot elementlari. Ekspluatatsiya tajribalari shuni ko’rsatadiki mahsulotlar uchun atrof muxitning yuqori namligi juda katta xafv tug’diradi. Ushbu xolat mahsulotda qo’llanilayotgan materiallarning katta qismiga suv bug’i agressiv ta’sir qilishi bilan tushuntiriladi, bu esa elementlarni elektrofizik xususiyatlari va mexanik xarakteristikalarini o’zgarib ketishiga olib keladi. Yuqori namlik ta’siridan mahsulotlar elementlarini ximoyalash uchun ular organik polimer materiallarni qo’llab turib germitizatsiyalanadi. Bundan tashqari lak, emallar bilan qoplanadi. Kompaundalar bilan o’rashadi, plastmassaga qo’yib preslash, tayyor plastmassa korpuslariga germetizatsiyalanadi. Lekin germitizatsiyalashni xech qaysi bir usuli ideal namlikdan ximoyalashni ta’minla bera olmaydi, sababi payvandlangan korpus choklari namlik o’tkazib yuboradi, polimer materiallar bilan germetizatsiyalanganda esa – polimerlar suv bug’ini sorbatsiyalash va o’tkazib yuborish xususiyatiga egadir. 6.1-rasm. Biolat yeyishlarning sinflanishi Download 34.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling