Tuproqli oʻsimlik qatlamni oʻgirish sxemasi. - a) ikkiyonlama.
- b) birlashgan joydan.
- 1. Oʻsimlik gruntining toʻkilmasi;
- 2. Oʻsimlik gruntining surish yoʻnalishi;
- 3. Mineral gruntini surish yoʻnalishi;
- Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini chuqurning bir tomoniga emas, balki ikki tomoniga uyumlash natijasida ishlarning sermehnatligi ikki baravar kamayadi.
- Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlami bilan bogʻliq ishlar ayrim oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlsada, mineral tuproq bilan bogʻliq ishlardan koʻp farq qilmaydi. Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamining qalinligi va uni surib borish masofasiga qarab ishlar avtogreyderlar, buldozer qoʻshilgan greyder bilan, buldozerlar va skreperlar bilan amalga oshirish mumkin. Uchish maydonidan tashqarida oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini kovlash va uyumlash buldozerlar bilan, ortish-ekskavatorlar bilan, tashish esa transport vositalari bilan bajariladi.
- Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini avtogreyderlar va greyderlar bilan kovlab olish.
- Tuproq kesish, surish va tekislashda avtogreyder pichogʻini quyidagi burchaklar bilan oʻrnatishni tavsiya etiladi.
- Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini avtogreyder va greyderlar bilan ikki sxema boʻyicha kesish hamda uyumlash mumkin. Birinchi sxemada, birinchi kesish uyumlash joyidan eng uzoqda joylashgan qismda amalga oshirilmogʻi darkor. Oʻrtadan boshlab kesishda oʻsadigan qatlamni qattiq yuza boʻylab suriladi. Bunda tuproq mineral grunt bilan aralashib ketmaydi. Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini yumshatishda va joyda mayda notekisliklar mavjud boʻlganda tuproqni ish maydonchasining chegaralaridan boshlab olish kerak (ikkinchi sxema).
Do'stlaringiz bilan baham: |