Ma’ruza №7 Integratsiya. Stratlash. Sistema elementlarining cheklangan imkoniyatlari. Mavjud resusrlardan eng yaxshi tarzda foydalanish. Moslanuvchanlik va ishonchlilik
Sistema elementlarining cheklangan imkoniyatlari
Download 175.54 Kb. Pdf ko'rish
|
3 savolga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavjud resurslardan eng yaxshi tarzda foydalanish.
Sistema elementlarining cheklangan imkoniyatlari.
Faraz qilaylik, yechimini topish kerak bo‘lgan masala shunday-ki, mavjud usullardan birortasi bilan ham uni yechib bo‘lmaydi. Bunday holatda “chiziqli” funktsiyalar sistemasida ko‘peshelonli pog‘ona hosil qilinadi, “ko‘pfazali” printsip bilan ishlaydigan sistemalarda ko‘pqatlamli yondashuvdan yoki ko‘peshelonli bo‘linish (dekompozitsiya) dan foydalaniladi. Keyingisida mayda masalalar (podzadachi) ni ketma-ket yechish uchun bitta hal qiluvchi elementdan foydalaniladi. Bunga misol – kichkina kompyuter yordamida optimallashtiriladigan masala. Kompyuter shu darajada kichkina-ki, xotirasi bo‘linishdan keyin hosil bo‘lgan mayda masalalarni dasturlash uchungina kifoya qiladi. Shuni ta’kidlash lozim-ki, murakkab masalalarni yechish uchun ko‘ppog‘onali yondashuv sistematexnikadagi muhim usul hisoblanadi. Murakkab global masaladan kelib chiqib, mayda masalalarning pog‘onasi quriladi. Keyin ular bittayu-bitta hal qiluvchi element yordamida navbatma-navbat yechilaveradi. Dryu va boshqa olimlar transport sistemalarini ishlab chiqishda shunday yondashuvdan foydalanib, qiziq natijalarga erishishgan. Mavjud resurslardan eng yaxshi tarzda foydalanish. Yirik masshtabli murakkab masalalarni yechishda ko‘ppog‘onali yondashuv usulidan foydalanilsa, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish mumkin. Bunda, albatta, ko‘ppog‘onali tuzilma (struktura) ni yaxshi tanlash katta ahamiyatga ega. Oddiy tahlil ham ko‘rsatadi-ki, aytilayotgan yondashuvni keng miqyosdagi sistemalar uchun qo‘llash mumkin, faqat bir sharti – yuqori pog‘onada yechilishi kerak bo‘lgan masalani sodda ko‘rinishga keltirish lozim. Tahlil shunday farazga asoslanadi-ki, optimallashtiriladigan funktsiya (qaror qabul qilish qiyinligi-mehnat sarfi) – boshqaadigan o‘zgaruvchilar sonining qabariq funktsiyasi va kuzatiladigan o‘zgaruvchilar sonining chiziqli funktsiyasidir. Qaysidir ondan boshlab (bu mehnat sarfini baholash uchun tanlangan funktsiyaning muayyan shakliga bog‘liq), masalani bo‘laklarga ajratish va ikkipog‘onali tuzilmani qo‘llash evaziga mehnat sarfi jiddiy kamaya boshlaydi. Bunday yondashuv o‘zini oqlashi uchun muvofiqlashtiruvchi masalani shu darajada soddalashtirish kerak-ki, hal qilinayotgan muammoga qaraganda ancha sodda bo‘lsin. Shundagina, ikkipog‘onali sistema integrallashgan sistemaga qaraganda hamma mehnat sarfi kam bo‘lishini, samara esa, o‘sha darajada qolishinin ta’minlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling