Ma’ruza №7 Magnit ko’chaytirgichlar va magnit ishga tushurgichlar


Download 0.51 Mb.
bet3/10
Sana24.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1227376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7 b2ae648fde8ea8c01003e6f531cba85e

b) Yoy so’ndirish tizimi.Avtomatlarda yarim yopiq va ochiqyoy so’ndiruvchi qurilma ishlatiladi.
Yarim yopiq bajarilganda avtomat issiq gazlar chiqishi uchun teshikka ega bo’lgan kojux bilan yopiq bo’ladi. Yarim yopiq bajarilganda issiq va ionlangan gazlarni chiqarish zonasi chiqish tirqishlaridan bir necha sm bo’lishi lozim.
100 kAtoklardava undan yuqori bo’lganda ochiq bajarilgan kameralar qo’llaniladi. Ularning chiqarib yuborish zonasi katta. Yarim yopiq bajarish odatda o’rnatuvchi va universal avtomatlarda, ochiq esa tez taьsir etuvchi va katta belgilangan tok (100 A va yuqori) yoki katta kuchlanish (1000 V dan yuqori) ega avtomatlarda qo’llaniladi.
3.Universal va o’rnatuvchi avtomatlarning yuritmasi va mexanizmi.
a) Yuritmalar. Avtomatni eng qiyin xolatda - Qtda yoqish uchun zarur bo’lgan kuchni kontaktga yuritma xabar berishi lozim.
Yuritmani 2 turga bo’lish mumkin: qo’lda va elektromexanik. Qo’l yuritmalari nominal tok 200 A gacha bo’lganda qo’llash tavsiya etiladi. Katta toklarda kontaktlarda bosim oshishi tezligini taьminlovchi elektromexanik yuritmalar qo’llaniladi. Elektromagnit yuritma 600-1000 A bo’lgan tokda qo’llaniladi. Elektromagnit yuritmalarning kamchiligi bu mexanizmdagi xarkatlarning katta tezligi va urilishi.
Tok 1500 A va yuqori bo’lgan xollarda avtomatlarda elektrodvigatel yuritma qo’llagan maьqul. Yelektrodvigatel yuritma isteьmol qiladigan quvvat prujina simini burash uchun kerakli kuchlanishdan ko’proq.
b)Yuritmadan kontaktga kuchayish uzatish mexanizmi.Avtomatlarning mexanizmi yuritmadan kontkatga Harakat yuboradi, kontkatlarni yoqilgan xolatda ushlab turadi, avtomat o’chganda kontaktlarni bo’shatadi,yopiq xolatda kontaktlarni ushlab turadi, yoyni so’ndirish uchun kerakli tezlikni kontaktga xabar beradi, o’chirilgan avtomatni yoqish uchun tayyorlaydi.
1.Umumiy ma’lumotlar.Rubilnik.
Rubilnik. Muntazam quvvatli 440 vgacha va o’zgaruvchan quvvati 500 vgacha bo’lgan zanjirni qo’lda o’chirish va yoqish uchun mo’ljallangan.
Markaziy rukoyatkali rubilnikning umumiy ko’rinishi 1-rasmda ko’rsatilgan. Harakatchan kontakt - pichoq 1 sharniy o’zakda (stoykada) 2 aylanadi. Soat millari bo’ylab rukoyatka aylanganda pichoq va Harakatsiz o’zak orasida yoy yonadi. Rubilniklar qurilmani kuchlanishdan xavfsiz uzib ko’yishni taьminlashi lozim. Uni taьmirlashda xavfsizlikni taьminlaydi. SHuning uchun kontakt stoykalar oralig’idagi masofa kamida 0.05 m.
Yoy so’nishi jarayoniga yana yoy xosil qiladigan havoning issiq oqimi taьsir kiladi. Havoning konvektiv Harakati xisobiga yoy cho’zilishi elektrodinamik kuchlar Harakati yo’nalishi bilan mos tushganda yoy muvaffaqiyatli so’nadi. Markaziy rukoyatkali rubilnik va perekluchatellar faqat toksiz zanjirni o’chirishda qo’llaniladi. Tokli zanjirlarni o’chirish yoy qo’lga taьsir etmagan xollarda ruxsat etiladi. Rubilnikning keskin toki davomiy rejimning nominal tokidan kamroq. Biqin rukoyatkali yoki rijag privodli rubilnik va perekluchatellar uchun o’chiriladigan tokning nominal tokka munosabati 0.2 ni tashkil etadi, bunda doimiy kuchlanish 220 vva 0.3 o’zgaruvchan 380 v uchun. Muntazam kuchlanish 440 v va o’zgaruvchan 500 v bo’lganda ko’rsatilgan apparatlar faqat toksizlantirilgan zanjirlarni o’chirish uchun mo’ljallangan. O’chirishqobiliyatini oshirish uchun rubilnik yoy so’ndiruvchi reshetka shaklidagi yoy so’ndiruvchi kamera bilan jixozlanadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling