Ma’ruza №7 operatsion kuchaytirgichlar operatsion kuchaytirgich
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
7-ma\'ruza
Ma’ruza № 7 OPERATSION KUCHAYTIRGICHLAR Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli amallarni baja-rishga mo’ljallangan, differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan, kuchla- nish bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo‘lgan (K U =10 4 – 10 6 ) integral o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qo‘shish, ayirish, ko‘- paytirish, bo‘lish, integrallash, differensiallash, masshtablash kabi matematik amal- lar kiradi. Hozirgi kunda OKlar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, ko'paytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash, signallarni barqaror- lashda qo‘llanilib kelmoqda. Buning uchun OKlarga musbat va manfiy teskari aloqa (ТА) zanjirlari kiritiladi. ТА zanjirlari yordamida OKlar yuqorida qayd etil- gan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. Qurilmalarning nomi ham shundan kelib chiqadi. OKning elektr sxemalarda keltiriladigan shartli belgisi 7.1, a-rasmda ko‘rsa- tilgan bo'lib, uning tarkibidagi ulanish elektrodlari, umumiy shina va tashqi tahrir- lovchi elementlar ko‘rsatilmaydi. OKlarning standart grafik belgilanishi 7.1, b- rasmda ko‘rsatilgan. Sxemada kuchlanish manbayiga ulanish elektrodlaridan tash- qari, kuchaytirgichning talab etilgan logarifmik AChX ko'rinishini shakllantiruvchi chastotani korreksiyalovchi elektrodlar ham ko'rsatilgan. 7.1-rasm. OKning shartli (a) va standart grafik (b) belgilanishi. OK ikkita kirishga ega: inverslaydigan (aylana yoki ishora bilan belgilangan) va inverslamaydigan. Agar signal OKning inverslaydigan kirishiga berilsa, u holda chiqishdagi signal 180°ga siljigan, ya’ni inverslangan bo‘ladi. Agar signal OKning inverslamaydigan kirishga berilsa, u holda chiqishdagi signal kirish signali bilan bir xil fazada bo‘ladi. OKda ikki qutbli (± 3 V … ±20 V) kuchlanish manbayi qo‘llaniladi. Bu man- balarning ikkinchi qutblari, odatda, kirish va chiqish signallari uchun umumiy shina bo‘lib hisoblanadi va ko‘p hollarda OKga ulanmaydi. OKlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra ideal kuchaytirgichlarga yaqin. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling