Ma’ruza №7 operatsion kuchaytirgichlar operatsion kuchaytirgich


Operatsion kuchaytirgichning tuzilishi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana19.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1362321
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-ma\'ruza

Operatsion kuchaytirgichning tuzilishi 
Birinchi avlodga mansub uch kaskadli OK funksional sxemasi 7.6-rasmda 
keltirilgan. U kirish, muvofiqlashtiruvchi va chiqish kuchaytirish kaskadlaridan 
tashkil topgan. 
7.6-rasm. Uch kaskadli OKning funksional sxemasi. 
OKlarda kirish kaskadi sifatida differensial kuchaytirgich (DK) qo'llaniladi. 
Ma’lumki, DK chiqishdagi nol dreyfini maksimal kamaytirishga, yuqori kuchayti-
rish koeffitsientiga, maksimal yuqori kirish qarshiligiga va sinfaz tashkil etuvchi-
larni maksimal so'ndirishga imkon beradi. Muvofiqlashtiruvchi kaskad talab qilin-
gan kuchaytirishni ta’minlaydi va DK chiqishidagi o'zgarmas kuchlanish sathi silji-
shini chiqish kaskadi uchun talab etilgan qiymatgacha kamaytiradi. Muvofiqlashti-
ruvchi kaskad differensial yoki bir taktli kuchaytirgich bo'lishi mumkin. Chiqish 
kaskadlari OKning kichik chiqish qarshiligini va lozim bo'lgan chiqish quvvatini 
ta’minlashi kerak. Chiqish bosqichlari sifatida, odatda AB sinfga mansub komp- 
lementar tranzistorlar asosida hosil qilingan ikki taktli kuchaytirgich sxemalari 
qo‘llaniladi. 
Operatsion kuchaytirgich asosiy parametrlari va xarakteristikalari 
OKlarda DK kirish kaskadi hisoblanadi. Shuning uchun OKlar DKlar para-
metrlari bilan xarakterlanadi. Ularga: kuchaytirish koeffitsienti К
U
, sinfaz xalaqit-
larni so‘ndirish koeffitsienti K
SFS0’N
siljitish kuchlanishi U
SIL
 va uning temperatura-
ga sezgirligi ε
U
, o'rtacha kirish toki I
KIR0’RT
, siljitish toklari 
I
KIR
kiradi. Bundan 
tashqari, manba kuchlanishi E
M
iste’mol toki I
IST
va quvvati R
IST
 maksimal kirish 
va chiqish kuchlanishlari, maksimal chiqish toki va boshqalar ko'rsatiladi. Kirish 


va chiqish qarshiliklari har doim ham asosiy parametrlar tarkibiga kiritilmaydi, 
ularni kirish va chiqish toklari qiymatlaridan aniqlash mumkin. 
OK tezkorligi chiqish kuchlanishining o'sish tezligi ϑ
UCHIQ
yoki birlik kuchay-
tirish chastotasi f
1
 bilan xarakterlanadi. Bu yerda f
1
kuchlanish bo'yicha kuchayti-
rish koeffitsienti birga teng bo'Iadigan chastota qiymati (K
U
(f
1
)=1). 
7.7-rasm. OKning amplituda xarakteristikasi. 
OKning asosiy xarakteristikalaridan biri bo'lib uning amplituda xarakteristika-
si (AX) hisoblanadi. U berilgan chastotada chiqish kuchlanishining kirish kuchla-
nishiga bog‘liqligi U
CHIQ
=f(U
KIR
) ni ifodalaydi (7.7-rasm). Inverslamaydigan ki-
rishga signal berilsa, AX 1-egri chiziq ko‘rinishiga, inverslaydigan kirishga berilsa 
2 - egri chiziq ko‘rinishiga ega boladi. U
KIR
=0 bolganda ideal OK AXsi koordinata 
boshidan o'tadi. Amaliyotda OK kirishlariga siljitish kuchlanishi U
SIL
 beriladi. AX 
qiya va gorizontal sohalarga ega. Xarakteristikaning qiya sohalari ishchi sohalar 
bo‘lib, uning og‘ish burchagi qiymati bilan belgilanadi. U
KIR
(U
CHIQmax
/K
U
)+U
SIL
 
bo‘lganda chiqish kuchlanishi o‘zgarishsiz qoladi. U
CHIQmax
qiymati doim kuchla-
nish manbayi E
M
qiymatidan kichik bo‘ladi. AX chiziqli sohalari kengligi kirish 
kaskadi dinamik diapazoni bilan aniqlanadi va ± kT/q dan oshmaydi. 
Kuchaytirish koeffitsienti K

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling