Ma’ruza №7 operatsion kuchaytirgichlar operatsion kuchaytirgich
Operatsion kuchaytirgichning tuzilishi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
7-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operatsion kuchaytirgich asosiy parametrlari va xarakteristikalari
Operatsion kuchaytirgichning tuzilishi
Birinchi avlodga mansub uch kaskadli OK funksional sxemasi 7.6-rasmda keltirilgan. U kirish, muvofiqlashtiruvchi va chiqish kuchaytirish kaskadlaridan tashkil topgan. 7.6-rasm. Uch kaskadli OKning funksional sxemasi. OKlarda kirish kaskadi sifatida differensial kuchaytirgich (DK) qo'llaniladi. Ma’lumki, DK chiqishdagi nol dreyfini maksimal kamaytirishga, yuqori kuchayti- rish koeffitsientiga, maksimal yuqori kirish qarshiligiga va sinfaz tashkil etuvchi- larni maksimal so'ndirishga imkon beradi. Muvofiqlashtiruvchi kaskad talab qilin- gan kuchaytirishni ta’minlaydi va DK chiqishidagi o'zgarmas kuchlanish sathi silji- shini chiqish kaskadi uchun talab etilgan qiymatgacha kamaytiradi. Muvofiqlashti- ruvchi kaskad differensial yoki bir taktli kuchaytirgich bo'lishi mumkin. Chiqish kaskadlari OKning kichik chiqish qarshiligini va lozim bo'lgan chiqish quvvatini ta’minlashi kerak. Chiqish bosqichlari sifatida, odatda AB sinfga mansub komp- lementar tranzistorlar asosida hosil qilingan ikki taktli kuchaytirgich sxemalari qo‘llaniladi. Operatsion kuchaytirgich asosiy parametrlari va xarakteristikalari OKlarda DK kirish kaskadi hisoblanadi. Shuning uchun OKlar DKlar para- metrlari bilan xarakterlanadi. Ularga: kuchaytirish koeffitsienti К U , sinfaz xalaqit- larni so‘ndirish koeffitsienti K SFS0’N , siljitish kuchlanishi U SIL va uning temperatura- ga sezgirligi ε U , o'rtacha kirish toki I KIR0’RT , siljitish toklari ∆I KIR kiradi. Bundan tashqari, manba kuchlanishi E M , iste’mol toki I IST va quvvati R IST maksimal kirish va chiqish kuchlanishlari, maksimal chiqish toki va boshqalar ko'rsatiladi. Kirish va chiqish qarshiliklari har doim ham asosiy parametrlar tarkibiga kiritilmaydi, ularni kirish va chiqish toklari qiymatlaridan aniqlash mumkin. OK tezkorligi chiqish kuchlanishining o'sish tezligi ϑ UCHIQ yoki birlik kuchay- tirish chastotasi f 1 bilan xarakterlanadi. Bu yerda f 1 kuchlanish bo'yicha kuchayti- rish koeffitsienti birga teng bo'Iadigan chastota qiymati (K U (f 1 )=1). 7.7-rasm. OKning amplituda xarakteristikasi. OKning asosiy xarakteristikalaridan biri bo'lib uning amplituda xarakteristika- si (AX) hisoblanadi. U berilgan chastotada chiqish kuchlanishining kirish kuchla- nishiga bog‘liqligi U CHIQ =f(U KIR ) ni ifodalaydi (7.7-rasm). Inverslamaydigan ki- rishga signal berilsa, AX 1-egri chiziq ko‘rinishiga, inverslaydigan kirishga berilsa 2 - egri chiziq ko‘rinishiga ega boladi. U KIR =0 bolganda ideal OK AXsi koordinata boshidan o'tadi. Amaliyotda OK kirishlariga siljitish kuchlanishi U SIL beriladi. AX qiya va gorizontal sohalarga ega. Xarakteristikaning qiya sohalari ishchi sohalar bo‘lib, uning og‘ish burchagi qiymati bilan belgilanadi. U KIR ≥(U CHIQmax /K U )+U SIL bo‘lganda chiqish kuchlanishi o‘zgarishsiz qoladi. U CHIQmax qiymati doim kuchla- nish manbayi E M qiymatidan kichik bo‘ladi. AX chiziqli sohalari kengligi kirish kaskadi dinamik diapazoni bilan aniqlanadi va ± kT/q dan oshmaydi. Kuchaytirish koeffitsienti K Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling