Ma’ruza №7 operatsion kuchaytirgichlar operatsion kuchaytirgich
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
7-ma\'ruza
U
kirish signali chastotasiga bog‘liq. Ma’lumotno- malarda keltiriladigan OK kuchaytirish koeffitsientlari kirishga ∆𝑓 = 𝑓 𝑌𝑢 − 𝑓 𝑝 oraliqda yotadigan o‘rtacha chastotadagi sinusoidal tebranishlar berilganda haqi- qiydir. Past f p va yuqori f B chegaraviy chastotalarda kuchaytirish ma'lum darajaga- cha kamayadi. Agar bu darajalar alohida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, u holda odatda f p va f Yu qiymatlarida kuchaytirish 1.41 martaga (3 dB ga) kamayadi deb hisoblanadi. OK chastota xususiyatlarini aniqlash uchun uning kuchaytirish koeffitsienti kom- pleks kattalik ko'rinishida ifodalanadi 𝐾(𝑗𝜔) = 𝐾(𝜔)𝑒 𝑖𝜑(𝜔) . Bu yerda modul 𝐾(𝜔) kuchaytirgich chiqish signali amplitudasini kirish signali amplitudasiga nisbatini, argument 𝜑(𝜔) esa – kuchaytirgich chiqishidagi tebra- nishlar fazasini kirishdagi tebranishlar fazasiga nisbatan siljishini xarakterlaydi. 𝐾(𝜔) ning chastotaga bog‘liqligi amplituda – chastota xarakteristikasi (AChX), 𝜑(𝜔) argumentning chastotaga bog‘liqligi esa – faza — chastota xarakteristikasi (FChX) deb ataladi. Tok va kuchlanish uchun kompleks kattalikni kiritilishi barcha hisoblarni j'uda soddalashtiradi. 7.8-rasm. OKning ekvivalent sxemasi. Chastota xususiyatlarini tahlil qilishda OKning barcha kuchaytirish kaskadlari uning ekvivalent RC – zanjiri bilan almashtiriladi (7.8-rasm). Ekvivalent z anjirlar deb, kirishlariga bir xil EYK ta’sir ettirilganda chiqishlarida bir xil kuchlanishlar hosil bo‘ladigan zanjirlarga aytiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling