Ma’ruza №7. Tribotexnika asoslari. Ishqalanish va yeyilish. Kontakt zonasidagi yuzalarning holati. Ishqalanishning turlari. Yeyilishning turlari. Moylash materiallari


-rasm.Tekislik bo‘yicha ishqalanuvchi juftlikda hosil bo‘ladigan bosim sxemasi


Download 177.33 Kb.
bet3/3
Sana18.12.2022
Hajmi177.33 Kb.
#1031372
1   2   3
Bog'liq
7-Ma\'ruza

7.5-rasm.Tekislik bo‘yicha ishqalanuvchi juftlikda hosil bo‘ladigan bosim sxemasi
Shuning uchun ham moylovchi materiallarning asosiy vazifasi sirtlarni gidrodinamik bosim hisobiga bir-biridan ajratish(uzoqlashtirish) va ishqalanuvchi issiqlikni tashqariga olib chiqib ketishdir.
Moylarning tarkibiga ularni xususiyatlarini yaxshilash maqsadida 3 turdagi qo‘shimchalar qo‘shiladi.
Antifriksion qo‘shimchalar ishqalanish koeffitsientini kamaytir imchachalarga hayvon va o‘simlik yog‘lari asosidagi kislotalar, azot, fosfor, oltingugurt birikmalari, volfram va molibdenning oltingugurt biriktirish uchun qo‘llaniladi. Bunday qo‘shimchalar va boshqa qo‘shimchalar kiradi. Ularning asosiy vazifasi ishqalanuvchi yuzalarga singib ishqalanish koeffitsientini kamaytirishdan iborat.
Yeyilishni kamaytiruvchi qo‘shimchachalar. Bularga asosan fosfor, rux, bariy metallarining tuzlari va fosfor kislotalarining oltingugurt bilan birikmalari kiradi. Ularning turli xil hossalarini yaxshilovchi qo‘shimchachalar; masalan, sovuqqa, issiqqa, ishqorga va hokazolarga chidamliligini oshiruvchi qushimchalardan iborat.
Suyuq moylovchi materiallar shartli ravishda uch guruxga bo‘linadi: motor, transmissiya va industrial moylar.
Motor moylari asosan ichki yonuv dvigatellari (IYOD) uchun qo‘llaniladi, ular asosiy moy va unga yangi xususiyat kasb etuvchi qo‘shimchalardan iborat.
Ularning ekspluatatsion xossalari moyning tarkibi va asos hisoblangan moyning qovushqoqligi hamda qo‘shimchalarning turi, miqdori bilan aniqlanadi.
Moylarning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri ularning qovushqoqligi va qovushqoqlik indeksi hisoblanadi.
Transmission moylar transport vositalarini mexanik va gidromexanik uzatmalari (uzatmalar qutisi, orqa ko‘prik va hokazo)ni moylash uchun qo‘llaniladi. Bunday moylarning qovushqoqlik indeksi yuqori bo‘ladi.
Industrial moylar asosan dastgoxlar, presslar va boshqa jihozlarning ishqalanuvchi juftliklarida ularni ishqalanish va yeyilishdan saqlash uchun qo‘llaniladi. Bunday moylar qovushqoqligi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi:
1. Yengil (qovushqoqligi past) 6 sSt — 20 °C dan10 sSt — 50 °C gacha; 2. O‘rta (qovushqoqligi o‘rta) 10 58 sSt 50 °C ; 3. Og‘ir (qovushqoqligi yuqori) 58 sSt 50 °C dan 96 sSt 100 °Cgacha;
Moyning qovushqoqligiga bosim katta tasir qiladi. Har qanday haroratda ham bosimning ortishi bilan qovushqoqlik ortadi.
Plastik moylovchi materiallar Bu moylar mineral va sintetik moylar aralashmasi, quyuqlashtiruvchi komponentlar (qattiq uglevodorodlar) va qo‘shimchalar (grafit, molibdendi sulfidi) dan iborat qattiq va yarim qattiq mahsulotdir. Bunday moylar germetik bo‘lmagan va ochiq uzellarda ham yaxshi turadi. Bunday moylar turiga gidratlangan kaltsiyli moylar (pressalidol, salidol) kompleks kaltsiyli moylar (UNIOL 3, SIATIM 221) natriyli, litiyli, aluminiyli, bariyli moylar va boshqalar kiradi.
Qattiq moylovchi materiallarmoysiz va chegaraviy ishqalanishda sirtlarni moylash uchun qo‘llaniladi. Ularning issiqlikka chidamliligi 400 °C dan yuqori, vakumda kam gazlanadi va ishqalanish koeffitsienti kam. Bunday moylovchi materiallarga grafit, molibdendi sulfidi (MoS2), volframdi sulfidi (WS2) va boshqalar kiradi. Bunday materiallar 110°C gacha chidamli hisoblanadi.
O‘z-o‘zini moylovchi materiallar bu shunday moylovchi materiallarki ular moylarni shimib uzoq muddat saqlab turish xususiyatiga ega. Bularga polimerlar, metallokramik va g‘ovakli materiallar misol bo‘la oladi.
Qovushqoqlik bu ma’lum hajmdagi moyni tirqishdan berilgan haroratda qancha vaqtda oqib tushishini bildiradi, uning o‘lchov birligi sSt (santiStoks).
Qovushqoqlik indeksi-moyning qovushqoqligi va harorati orasidagi bog‘liqlikni anglatadi. Qovushqoqlik indeksi yuqori bo‘lishi moy harorati o‘zgarishi bilan uning qovushqoqligi nisbatan kam o‘zgarishini ko‘rsatadi, ya’ni bu moy issiqlikka chidamli hisoblanadi.
AQSH va Yevropada qovushqoqlik Amerikaning avtomobil muhandislari ishlab chiqqan uslubga binoan aniqlanadi [2]. Qovushqoqlik haqida gapirganda bundan buyon SAE qistirma so‘zi ishlatiladi. Shuningdek, W (Winter-qish) harf ham qo‘llaniladiki, u qishda foydalaniladigan moylarni bildiradi.
SAE turkumiga ko‘ra motor moylarining qovushqoqlik me’yorlari quyidagicha bo‘ladi: masalan, 5W, qotish harorati 30 °C, dinamik qovushqoqlik 3500 sP, kinematik qovushqoqligi 100 °C da 3,8 sSt.
20W – 15 °C dinamik qovushqoqlik 4500 sP, kinematik qovushqoqlik 5,6 sSt.

Nazorat savollari

  1. Plastik moylovchi materiallar deganda nimani tushunasiz ?

  2. Transmission moylar qanday holatda bo‘ladi ?

  3. Qanday moylar turlarini bilasiz ?

  4. Tekislik bo‘yicha ishqalanuvchi juftlikda hosil bo‘ladigan bosim to‘g‘risida nimalarni bilasiz ?

Download 177.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling