Ma’ruza №8-9 Mavzu. Polimer pardozlash materiallari xom ashyosi. Polimer pardozlash materiallarining xossalari


Issiqlik izolyasiya plastmassalari


Download 97.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana07.04.2023
Hajmi97.62 Kb.
#1338936
1   2   3   4
Bog'liq
8-9-maruza

  
Issiqlik izolyasiya plastmassalari 
Issiqlik izolyasiya plastmassalar deb, sintetik smolalardan olinuvchi organik 
yuqori g‘ovak materiallarga aytiladi, ular qurilish, sanoat va boshqa texnika sohalarida 
issiqlik izolyasiyasi uchun ishlatiladi. 
Issiqlik izolyasiya plastmassalar yana gaz to‘ldirilgan yoki ko‘pirtirilgan 
plastmassalar, ko‘pikplast yoki g‘ovakli plastlar ham deb nomlanadi.

 
 
 
 
 
 


 
Issiqlik izolyasiya plastmassalar klassifikatsiyasi sxemasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
Turlari . Issiqlik izolyasion plastmassalarni turli polimerlardan tayyorlanadi. 
Issiqlik izolyasiya plastmassalarni alohida guruhlarga bo‘lishning asosiy 
klassifikatsion belgilari quyidagilar: 
a) material olish uchun qo‘llanuvchi asosiy xom ashyo turi
b) material olish usuli; 
v) g’ovak harakteri va hajmiy og‘irligi; 
g) issiqlik izolyasiya plastmassalar ahamiyati va qo‘llash sohasi. 
Ko‘pikli plastmassalar quyidagilarga bo‘linadi: 
a) boshlang‘ich polimerlar turi bo‘yicha: 
1. 
Polimerizatsiyalashgan; 
2. 
Polikondensatsion; 
b) hajmiy og‘irligiga ko‘ra: 
1. Yengil; 
2. Yengillashgan. 
Boshlang‘ich polimer hajmiy og‘irligi yarmidan kichik hajmiy og‘irlikka egalari yengil 
ko‘pikli plastmassalar, polimer hajmiy og‘irligi yarmidan katta hajmiy og‘irlikka egalari 
esa yengillashgan ko‘pikli plastmassalar deyiladi. 
v) olish usuliga ko‘ra: 
1) 
presslangan; 
2) 
preslanmagan; 
3) 
quyilgan va sepilgan; 
g) qotirish usuliga ko‘ra: 
1) 
sovuq qotirish; 
2) 
issiq qotirish; 
Polimerlashgan polimerlar 
Polikondensasion polimerlar 
Termoplastik penoplastlar 
Termoreaktiv penoplastlar 
Pressli usul 
Pressiz usul 
Quyish va purkash 
usuli 
Yopiq g’ovakli 
Aralash g’ovakli 
Tovush izolyasion 
uchun 
Issiqlik izolyalyasiya uchun 
Sanoat va fuqaro 
qurilish 
Sanoat uskunalari va 
quvurlar 
Muzlatgichlar 
Transport 
vositalari 


9-1--rasm.Sotoviy plastmassalar 
пластмассалар 
d) fizik strukturasiga ko‘ra, gaz to‘ldirilgan plastmassalar quyidagilarga bo‘linadi: 
1) 
g‘ovak plastmassalar (ko‘pikplastlar), ular mayda yopiq g‘ovak tuzilishi bilan 
harakterlanadi; 
2) 
g‘ovak (g‘ovakplastlar) – birlashgan g‘ovaklar yoki gaz bilan to‘lgan bo‘shliqli 
tizimga ega materiallar. 
Bu bo‘lishlar shartli hisoblanadi, chunki materialda bir vaqtning o‘zida ham 
g‘ovaklar, ham birlashgan teshiklar bo‘lishi mumkin. Bunday material aralash 
strukturaga ega. Muntazam takrorlanuvchi, to‘g‘ri geometrik shaklga ega va asalari inini 
eslatuvchi g‘ovak sotoviy plastmassalar alohida guruhni tashkil qiladi. Ular maxsus 
gofrirovkalangan qog‘oz, gazlama yoki alyumin folga, yopishtirilgan polimerli 
mahsulotlardir(10-rasm).
e) to‘ldiruvchilar turiga ko‘ra: 
to‘ldiruvchilarsiz; 
mineral to‘ldiruvchili; 
organik to‘ldiruvchili. 
Tolasimon to‘ldiruvchili issiqlik izolyasiya plastmassalar plastmassa qo‘llanilgan 
tolasimon materiallarga o‘xshash hisoblanadi: mineral paxtali va yog‘och tolali plitalar. 
Farqi shundaki, bu erda tolasimon to‘ldiruvchi plastmassa qo‘shimcha hisoblanadi, u 
erda esa, aksincha, plastmassa tolaga qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi: 
j) ishlatilishiga ko‘ra: 
1) 
issiqlik izolyasiya; 
2) 
tovush izolyasiya; 
z) qo‘llash sohalariga ko‘ra: 
1) 
sanoat va fuqaro qurilishi uchun; 
2) 
sanoat uskunalari va quvurlar izolyasiyasi uchun
3) 
muzlatkichlar uchun; 
4) 
transport vositalari: temir yo‘l, suv va havo vositalari uchun. 

Download 97.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling