Ma`ruza-8 diagramma-bloklari fragmentlaridan virtual ichki uskunalarni avtomatik yaratish. Kodlarni olib tashlash strukturalari


Download 1.61 Mb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1537766
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maruza8

Agar tanlangan blok-diagramma fragmenti mahalliy o’zgaruvchiga yoki tsikl tanasidagi yuza paneli terminallariga ega bo’lsa, unda ular tomonidan o’lchanadigan kattalik blok-diagrammasining boshqa joyida o’zgartirilishi mumkin. Shunday qilib, VIU da tsikl o’zgartirilganda belgilangan fragmentning funktsionalligini o’zgartirish imkoniyatlari mavjud. Agar biz barcha mahalliy o’zgaruvchilarni tanlamasdan, balki ularning ayrimlarini yoki yuza paneli terminalini tanlasak, unda LabVIEW amalni bajarish yoki to’xtatish xususida ogohlantiruvchi xabar beradi.

Create SubVI optsiyasi kichik loyiha bilan ishlashda qulaydir. Lekin ish davomida loyiha murakkablashib boradi. Bunday holda blok-diagrammalarning katta fragmentlarini VIU larga joylashtirishga harakat qilmaslik kerak. VIU- ning bo’sh ishchi maydonini oshirish doim aniq belgilangan masalalarning maqsadlaridan kelib chiqqan holda bajariladi.

  • Blok-diagramma fragmentidan virtual ichki uskunalarni avtomatik yaratish

Oldingi ma’ruzalarda zondlar haqida ma’lumot bergan edik. Ular VP-ni bajarish vaqtida ma’lumotlar o`tkazgichi ichiga kirish va uni ko’rish imkonini beradi. Ularning qiymatlarini ko’rish uchun ma’lumotlar o`tkazgichida o’ng tugmani bosib, Probe optsiyasini tanlasak, oynada uning qiymatlarini ko’rish mumkin. Keyinchalik, sozlanadigan zondlardan foydalanish mumkin. Buning uchun ma’lumotlar o`tkazgichi menyusidan Custom Probes ni tanlab, kerakli bo’lgan indikatorni ko’rsatish kerak.

  • LabVIEW ning yordamchi vositalari Sozlanadigan zondlar (Custom probe)

Masalan, biz tsikl ichidagi o’zgaruvchining o’zgarib borishini kuzatib borishimiz uchun grafik turidagi indikatorni tanlashimiz kerak (15.5-rasmga qarang). Lekin, LabVIEW bizga provodnikdagi ma’lumotlar turidan farq qiladigan indikator turini tanlashga yo’l qo’ymaydi.

  • LabVIEW ning yordamchi vositalari Sozlanadigan zondlar (Custom probe)

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling