Ma`ruza-8 diagramma-bloklari fragmentlaridan virtual ichki uskunalarni avtomatik yaratish. Kodlarni olib tashlash strukturalari


rasm. Zond qiymatlarini eslab qolish


Download 1.61 Mb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1537766
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maruza8

15.5 rasm. Zond qiymatlarini eslab qolish.

  • 15.5 rasm. Zond qiymatlarini eslab qolish.

Odatda, birinchi marta zond joylashtirilganda, VU-ni ishga tushirmasdan va ma’lumotlar o`tkazgichidan o’tmasdan, u hech qanday ma’lumotlarni ko’rsatmaydi. Lekin ayrim hollarda bizga o`tkazgichlardan o’tgan va VU-ni qayta ishga tushirmagan holda oxirgi ma’lumotlar tezkor ravishda kerak bo’lishi mumkin. Bunday protsedura “o`tkazgich qiymatini ushlab turish” deyiladi va uni kiritish uchun instrumentlar panelidagi Retain Wire Values tugmasini bosib qo’yish kerak. Agar zond VU-ning oxirgi ishga tushgan davridagi ma’lumotlarni akslantirishini xohlasak, unda ushbu optsiya ishga tushirilgan bo’lishi kerak.

  • LabVIEW ning yordamchi vositalari Sozlanadigan zondlar (Custom probe)

Maxsus zondlar – sozlashning kuchli instrumentlari bo’lib, ular ham zond sifatida ham shartli uzilishlar sifatida ishlaydi. Biz maxsus zondni yaratishimiz mumkin. Buning uchun ma’lumotlar provodnikida sichqonning o’ng tugmasini bosib, ochilgan menyuda Custom Probe ni tanlash kerak (15.6-rasmga qarang). Birinchi ayirgichdan yuqorida joylashgan Custom Probe quyi menyu ro’yxatidagi barcha elementlar maxsus zondlardir. LabVIEW faqat ushbu turdagi ma’lumotlar bilan ishlaydigan zondlarni ko’rsatidi. LabVIEW ko’plab ma’lumotlar turi uchun foydali bo’lgan maxsus zondlar bilan yetkaziladi. 15.6-rasmda DBL ma’lumotlar turi uchun belgilangan Conditional Double turidagi maxsus zond ko’rinishi keltirilgan.

  • Maxsus zondlardan foydalanish va ularni yaratish.

15.6-rasm. Conditional Double Probe zondini DBL turidagi ma’lumotlar provodnikiga o’rnatish

  • 15.6-rasm. Conditional Double Probe zondini DBL turidagi ma’lumotlar provodnikiga o’rnatish

Conditional Double Probe-ni tanlaganimizdan so’ng, 15.7 va 15.8- rasmlarda ko’rsatilgan ekran ko’rinishlari yangi suzuvchan oynada zond nusxasi paydo bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, oynada Date va Condition nomli ikkita joylashgich mavjud. Date joylashgichda oddiy zond kabi provodnikdan o’tgan ma’lumotlar akslantiriladi. Condition joylashtirgichda biz VP-ni bajarilishini to’xtatish shartini aniqlashimiz mumkin. Bu juda qulay xususiyatdir.

  • Maxsus zondlardan foydalanish va ularni yaratish.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling