Ma’ruza №8 Yer osti kon lahimlarini shamollatish jarayoniga qo’yiladigan xavfsizlik qoidalari
Download 73.28 Kb.
|
8-Ma\'ruza
Ma’ruza №8 Yer osti kon lahimlarini shamollatish jarayoniga qo’yiladigan xavfsizlik qoidalari. 132. Ruda va noruda konlarni qazib olishda shaxtalar metan, vodorod, serovodorod ajralib chiqadigan gazli, gazsiz hamda gaz va chang bо‘yicha xavfli turlarga ajratiladi. 133. Ichida odamlar bо‘lgan yoki odam bо‘lishi mumkin bо‘lgan qazilmagohlar havosining tarkibidagi kislorod miqdori kamida 20% (hajm bо‘yicha) ni tashkil etishi kerak. Kon havosi tarkibidagi karbonat angidrid gazining miqdori ish joylarida 0,5% dan, shaxtaning umumiy chiqish oqimiga ega qazilmalarda 0,75% dan va uyumda qazilmalar kovlash va tiklashda 1% dan oshmasligi kerak. Ishlab turgan yer osti qazilmagohlarida havoning tarkibidagi zaharli gazlar (bug‘lar) miqdori quyida keltirilgan yо‘l qо‘yiladigan chegaraviy konsentratsiyadan oshmasligi kerak (hajm bо‘yicha % da): - uglerod oksidi - 0,0017 - azot oksidi - 0,00026 - oltingugurtli gaz - 0,00038 - serovodorod - 0,00071 - akrolein - 0,000009 - formaldegid - 0,00004 134. Qazilmagohlarni shamollatish uchun talab etiladigan havo miqdori bir vaqtda yer osti ishlarida band bо‘lgan eng kо‘p odam soni, karbonat kislota, zaharli va portlash xavfi bо‘lgan gaz va changlar, qо‘llaniladigan ichki yonuv dvigatelli uskunalardan chiqadigan gazlarning zararli komponentlari, shuningdek havoning minimal harakatlanish tezligi bо‘yicha hisoblanishi kerak. Bunda sanab о‘tilgan omillar bо‘yicha aniqlangan eng kо‘p havo miqdori qabul qilinadi. Odamlarning soniga bо‘yicha hisoblanadigan havo miqdori smenada bir vaqtda ishlaydigan eng kо‘p odamlar soni bо‘yicha hisoblanishi va har bir odam uchun kamida 6 m³/min bо‘lishi kerak. Portlatish ishlarini bajarishda uchastkalar va umuman shaxta uchun talab etiladigan havo miqdori bir vaqtda eng kо‘p miqdordagi portlovchi moddalar portlatilganda hosil bо‘ladigan zaharli mahsulotlar miqdori bо‘yicha aniqlanishi kerak. Bunda 1 kg portlovchi modda portlatilganda tarkibida azot oksidi ham bо‘lgan о‘rtacha 40 l shartli uglerod oksidi hosil bо‘lishi hisobga olinishi lozim. Hisob-kitoblar uchun bir vaqtda portlatiladigan portlovchi moddalarning quyidagi eng kо‘p miqdorlari qabul qilinishi kerak: A) smenalar о‘rtasidagi 2 soatli tanaffus paytida va tanaffus boshida 30 min mobaynida bajariladigan portlatish ishlarida – smenalar о‘rtasidagi tanaffusda sarflanadigan barcha portlovchi moddalar miqdori. Smena mobaynida (ikkilamchi maydalash, ayrim qazilmalarni kovlash va h. Da) sarflanadigan portlovchi moddalar miqdori, agar u yuqorida kо‘rsatilgan hisob-kitoblar uchun qabul qilingan miqdordan kam bо‘lsa va u bо‘yicha «b»-bandga muvofiq hisob-kitoblar bajarilmasa, kо‘rsatilgan sarf miqdoriga kirmaydi; Izoh: zaharli portlash mahsulotlarining yetarlicha suyulganligini tekshirishda 1 l azot oksidi 6,5 l uglerod oksidiga, 1 l oltingugurtli angidrid 2,5 l uglerodga va 1 l serovodorod 2,5 l uglerod oksidiga ekvivalent sifatida qabul qilinadi. B) agar smena mobaynida portlovchi moddalarning kо‘p miqdori ikkilamchi maydalash (yalpi otboyka yordamida qazish tizimi) uchun sarf etilsa, hisob uchun 6-7 soatlik smena mobaynida sarflanadigan portlovchi moddalar miqdorining smenalar о‘rtasidagi tanaffusda sarflanadigan portlovchi moddalar miqdoridan kо‘p bо‘lgan 1/3 qismi qabul qilinishi lozim; v) smenalar о‘rtasidagi 3 va 4 soatli tanaffuslarda hamda portlatish ishlari tanaffus boshlangandan keyin 1 soat mobaynida tugatiladigan hollarda smenalar о‘rtasidagi tanaffusda sarflanadigan barcha portlovchi moddalar miqdori. Biroq bunday hollarda zaharli portlash mahsulotlarining hajm bо‘yicha 0,008% gacha suyulishiga ketadigan vaqt shartli uglerod oksidiga qayta hisoblanganda 60 min ga teng qabul qilinishi mumkin. Bunda quyidagilarga rioya qilinishi lozim: - portlatish ishlari bajariladigan har qaysi qazilma zaboyiga yuboriladigan havo miqdori ushbu zaboyga ishchilarni kiritishdan oldin portlatish natijasida hosil bо‘lgan zaharli portlash mahsulotlari (uglerod oksidi, azot oksidi va h.) Shartli uglerod oksidiga qayta hisoblanganda hajm bо‘yicha kamida 0,008% ga suyulishi ta’minlaydigan darajada bо‘lishi kerak; bu darajada suyulishga loyihada belgilangan vaqt mobaynida erishilishi kerak; - zaboyni portlash mahsulotlari bо‘lgan zaharli gazlardan tozalash uchun yuqorida kо‘rsatilgan hisob-kitoblar bilan aniqlangan talab etiladigan havo miqdori va vaqt analizlar yordamida tekshirilishi kerak; - ishchilar qо‘yilgandan keyin kamida 2 soat mobaynida portlatilgan joyga portlatish ishlaridan sо‘ng ishchilar zaboyga kiritilgunga qadar yuborilgan miqdorda havo yuborilishi kerak. Ichki yonuv dvigatellari qо‘llaniladigan shaxtalar uchun talab etiladigan havo miqdorini hisoblash ishlari «sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan «yer osti konlarida ichki yonuv dvigatelli mashinalardan foydalanish xavfsizligi bо‘yicha yо‘riqnoma» ga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Izoh: shaxtalarda tozalash ishlari sutkada bir yoki ikki smenada olib boriladigan hollarda tozalash zaboyini zaharli gazlar miqdorini sanitariya meyorlarigacha yetkazgan holda shamollatish tartibi va davomiyligi, shaxtaning umumiy shamollatish sxemasi va ishlarni tashkil etilishidan kelib chiqib, loyihada belgilanadi. 135. Havo oqimi kiradigan stvol va shtolnyalarda kalorifer qurilmalar bо‘lishi, ular kalorifer kanali va shaxta stvoli tutashgan joydan 5 m pastda havo haroratining kamida +2os bо‘lishini ta’minlashi kerak. Olovli kaloriferlardan foydalanish ta’qiqlanadi. Doimiy muzloq jinslar zonasida joylashgan shaxtaga yuborilayotgan havo isitilishi talab etiladigan harorat loyihada belgilanadi. Doimiy muzloq jinslar yoyilgan zonada ochiq konlarni qazib olishda isitish zaruriyati va chegaralari muzloq-geologik va kon texnik sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. 136. Harorati 20os gacha bо‘lgan havo oqimining harakat tezligi tozalash zaboylarida kamida 0,5 m/s, tayyorlov va kesma qazilmagohlarda esa kamida 0,25 m/s bо‘lishi kerak. Havo oqimining harakat tezligi quyidagi meyorlardan oshmasligi kerak: A) tozalash va tayyorlov qazilmalarida - 4 m/s; B) kvershlaglarda, ventilyatsiya va asosiy otkatka shtreklarida, kapital bremsberglarda va qiyaliklarda - 8 m/s; V) boshqa qazilmalarda - 6 m/s; G) osma kо‘priklar (krossinglar) da va asosiy ventilyatsiya shtreklarida - 10 m/s; D) odam va yuk tushiriladigan va kо‘tariladigan stvollarda - 8 m/s; Ye) faqat yuk tushirish va kо‘tarish uchun mо‘ljallangan stvollarda -12 m/s; J) kо‘tarish qurilmalari bilan jihozlanmagan ventilyatsiya stvollarida, shuningdek ventilyatsiya kanallarida -15 m/s; Z) zina bо‘linmalari bо‘lmagan ventilyatsiya quduqlari va qо‘zg‘atuvchilarda havo oqimining harakat tezligi chegaralanmaydi. Tayyorlov, tozalash va boshqa ishlab turgan qazilmagohlarda havoning harorati 26os oshmasligi kerak. Havoning harorati 26os dan yuqori bо‘lganda haroratni pasaytirish bо‘yicha maxsus choralar qabul qilinishi kerak. Izoh: 1. Havo oqimining tezligi 15 m/s ga yetadigan stvollarda zina bо‘linmalarini qurish ruxsat etiladi; ulardan havo oqimining tezligini 8 m/s ga yetkazib, stvolni ta’mirlash chog‘ida va avariya holatlarida foydalanish ruxsat etiladi. 2. Havo oqimining minimal tezligi 0,5 m/s kamera-ustun tizimi yordamida qazib olinadigan tozalash zaboylariga va kengligi 5 m bо‘lgan zaboylarga taalluqli bо‘lib, ularda havo oqimining tezligi kamida 0,15 m/s bо‘lishi kerak. 3. Doimiy muzloq jinslar zonasidagi ochiq konlarni qazib olishda tozalash zaboylarida va kamera-lavalarda, shuningdek tuz va kaliy konlarining tayyorlov qazilmagohlarida havo oqimining tezligi kamida 0,15 m/s bо‘lishi kerak. 4. Harorat 20ºs dan yuqori bо‘lganda havoning tezligi loyihada belgilanishi kerak. Download 73.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling