Ma’ruza №9-№10 Mavzu: Havoli separatsiya uchun mashinalar. Gidrotsiklonlar, gidromexanik klassifikatorlar. Tozalagichlar, filtrlar. Mavzuni yoritish rejasi
Download 1.29 Mb.
|
МАЪРУЗА-9-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reykali saralagichlar
Gidromexanik saralagichlar
Gidromexanik saralagichlar zarralarni ajratuvchi ta’sir ko‘rsatish mexanizmiga egadir. Saralagichlar tegirmonlar bilan birga kukunlashda ochiq va yopiq sikllarda ishlaydi. Gidromexanik saralagichlar spiralli, reykali, idishli va drajli bo‘lishi mumkin. Spiralli saralagichlar quyidagicha tuzilgan: yarim silindrik 6 – idishdan, pastki qismida tindiruvchi basseyn va spirallar bor. Idishning hajmi qorishma quyiladigan burchak qiyaligiga va devor balandligiga bog‘liq. Spiralli saralagichlarning ish unumdorligi (qum bo‘yicha) quyidagi emperik tenglama orqali aniqlanadi: Bu erda, D – spiral diametri, m ω – spiralning aylanish burchak tezligi, rad/s Reykali saralagichlar Quyqa 19 – idishdagi qobiqgacha beriladi. Yirik zarrachalari qobiqning tubida cho‘kib qoladi, mayda zarrachalari esa 22-ariqchalar orqali suv bilan quyiladi. Idishda cho‘kib qolgan yirik zarrachalarni qirgichlar bilan yuk tushirgichlarga tushiriladi, ajratiladi va saralagichdan chiqarib tashlanadi. Reykali saralagichlarni ish unumdorligi 1,55 dan 50 kg/s gacha tebranib turadi. Idishli saralagichlar quyidagicha tuzilgan: Reykali saralagichni ustiga o‘rnatilgan 2-silindrik idishdan iborat. Idishning qobig‘ida 3-vertikal valdan tashkil topgan aralashtirgich joylashgan, unga suzgichlar bilan 4-krestovinaga mahkamlangan. Quyqa idishga 11-oziqlantirgich orqali beriladi, qaysiki tubida o‘lchamli teshiklarga ega. Yirik fraksiyalar idishda cho‘kib qoladi va 1-reykali saralagichga 5-yuk tushiruvchi teshiklar orqali o‘tadi. 12-tarelka saralagich idishidagi kukunlarni taqsimlash uchun mo‘ljallangan. Reykali saralagichning ishlashi yuqorida keltirilgan. Saralagichlar diametri 2400 va 3600 mm idishlarga ega va ish unumdorligi 4,4 va 7,6 kg/s ga teng. Qirgichli ramalarni yurish soni 1 minutda 0,2 – 0,5 ga teng. Elektrodvigatelning quvvati esa 6,2 va 12,8 kVt ga teng. Drajli saralagichlar quyidagicha tuzilgan. Idishdan, 3-qirgichli zanjirdan va yirik fraksiyalarni uzatish uchun 1-ariqchadan iborat. Mayda fraksiya 6-ostona orqali quyiladi. Zanjir, elektrodvigatel, reduktor va tasmali uzatgich orqali harakatga keladi. Quyqa 4-kiruvchi patrubok orqali beriladi, mayda zarrachalar ostona orqali quyiladi, yirik zarrachalari idishda cho‘kib qoladi va qirgichlar orqali idishning qiya qismiga ko‘tariladi. Bu erda zarrachalar vaqti-vaqti bilan ajratiladi va 1-yuk tushiruvchi ariqchalar orqali saralagichdan chiqariladi. Drajli saralagichning ish unumdorligi 8,3 kg/s ga, quvvati 1,7 kVt ga va zanjirning tezligi esa 0,17 m/s ga teng. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling