Kamerali saralagichlar
Kamerali saralagichlar ruda quyqalarini va qumlarni yuvishda hamda saralashda ishlatiladi. Kamerali saralagichlar quyidagilardan tarkib topgan: 2 – yog‘ochdan yoki payvandlangan metal qobiqdan, 7 – pastki qismida 4 tadan 8 tagacha kameralar joylashgan, ularning kattaliklari o‘sish tarkibida o‘rnatilgandir.
Saralagich quyidagi ketma-ketlikda ishlaydi. Quyqa (qumni suv bilan qorishmasi) 1 – yuklash karmoniga tushadi. Quyqani qobiq bo‘ylab harakatida qumning yirikrok zarrachalari saralagich kameralariga ketma-ket tushadi. Bir vaqtda yon tomondagi 8- silindr teshiklaridan tez kelayotgan suv oqimi yon boshidan tushadi. Buning natijasida esa suv oqimining aylanma harakati vujudga keladi va saralash yaxshilanadi. Kameradagi 9 – klapanlar ochilganda cho‘kib qolgan qumlar tushadi. Kameralar 13 – ostonalarga bo‘lingan. Engil (mayda) material zarrachalari suv bilan birga chiquvchi karmon orqali 6 - ariqcha bo‘ylab quyiladi.
Konusli saralagichlar
Konusli saralagichlar qumni yuvish uchun mo‘ljallangan. Saralagich quyidagilardan tarkib topgan. 1 - qobiqdan, 2 – qabul qiluvchi kameradan, 3 – quyqalarni bo‘luvchi, 4 – po‘kak, 6 - keltiruvchi truba va yuk tushiruvchi qurilmadan iborat. YUk tushiruvchi qurilma tayanchlararo bog‘langan 13 – pastki va 9 – ustki richaglardan va 14 – sharli to‘siqlardan iborat.
Po‘kak 9 – richagga 7 – tayanch orqali osilgan. SHarli to‘siq yuk tushish teshigiga 11 – prujina va 8 – qarshi og‘irlik bilan siqilib turadi. Qobiqning yuqorigi qismiga 10 – quyiluvchi qobiqga mahkamlangan. U bir tomonga qiya qilib o‘rnatilgan. Po‘kak 5 – metal silindr ichiga kiritilgan. Saralagichdan quyidagiga avtomatik ravishda yuk tushiriladi. Quyqa 6 – keltiruvchi truba orqali, 3 – bo‘luvchiga va 2- qabul qiluvchi kameraga, so‘ng qobiqning konussimon qismiga beriladi va uning yuzasi bo‘ylab bir xilda bo‘linadi. Qumning yirik zarralari qobiqning pastki qismiga tushib ketadi, mayda zarrachalari esa qobiqning cheti orqali quyiladi va so‘ng quyiladigan qobiqcha orqali tindirgichga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |