Suv oqib chiqadigan vertikal saralagichlar
Toza suv oqib chiquvchi vertikal saralagichlar qumlarni saralash va toshli-qumli qorishmalarni va unga qo‘shilgan qo‘shimchalarni bo‘laklarga bo‘lish uchun ishlatiladi.
Quyidagicha saralagichlar bor:
Quyqa yuqoridan toza suv oqimiga yuzma-yuz beriladigan, pastdan toza suv oqimi bilan bir yo‘nalishda beriladigan va yondan perpendikulyar ravishda toza suv oqimiga va saralagich qobig‘i bo‘ylab beriladigan.
Gidrotsiklonlar
Gidrotsiklonlar markazdan qochma kuchlar ta’siridagi o‘lchamlari 10 dan 500 mkm gacha bo‘lgan qumlarni va har xil kukunlarni saralash uchun qo‘llaniladi. Gidrotsiklonlar qurilmasi bo‘yicha juda sodda, ishlatishga qulay va uncha qimmat emas.
Gidrotsiklon quyidagilardan tarkib topgan: metal qobiqdan (ko‘proq chugundan), yuqori qismi 2-silindrik ko‘rinishga ega, pastki qismi esa 1-konussimon. Gidrotsiklonni ichki yuzasi 3-rezina bilan qoplangan. Siklonni silindrik qismida quyqalarni uzatuvchi 4 va mayda fraksiyalarni chiqaruvchi 5 patrubkalar bor. Pastdagi konussimon qismida 6-yuk tushiruvchi qurilma joylashgan.
Quyqa siklonga 4-patrubok orqali qobiqga tangensial holda davleniya (bosim) ostida nasos bilan beriladi. Buning natijasida quyqa aylanma harakatga keladi. Markazi qochma kuchlar ta’sirida yirik zarrachalar qobiqni devorlariga uloqtiriladi va spiral yo‘nalishi bo‘yicha yuk tushiruvchi qurilmaga harakatlanadi, so‘ng tegirmonga qayta kukunlashga ketadi. Mayda zarrachalar ichki spiral oqimi bo‘ylab 5-patrubkaga harakatlanadi va ular kukun havzasiga yoki ajratgichga tushiriladi. Gidrotsiklonlar 75 dan 1000 mm gacha diametrda chiqariladi, ish unumdorligi esa 0,0013 dan 0,17 m3/s gacha. Gidrotsiklonni ish unumdorligi (m3/s) quyidagi tenglik orqali aniqlanadi.
Bu erda, D - gidrotsiklon diametri, m
d1 – oziqlantirilayotgan teshikning diametri, m
N – gidrotsiklonga kirayotgan bosim, Pa
Do'stlaringiz bilan baham: |