Ma’ruza №9-№10 Mavzu: Havoli separatsiya uchun mashinalar. Gidrotsiklonlar, gidromexanik klassifikatorlar. Tozalagichlar, filtrlar. Mavzuni yoritish rejasi


Download 1.29 Mb.
bet9/9
Sana23.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1386469
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
МАЪРУЗА-9-10

Magnitli separatorlar

Magnitli separatorlarni, mahsulotni sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan magnitli qo‘shimchalarni va xom ashyodan metal predmetlarni ajratib olishda ishlatiladi. Texnologik jihatdan magnitli separatorlar ho‘l va quruq sharoitda ishlaydi.


Ishlash prinsipi bo‘yicha – elektromagnitli, induksion va elektro statiklarga, konstruksiyasi bo‘yicha esa - shkivli, barabanli va osmaliga bo‘linadi.
SHkivli separatorlar material zarralari 5 mm dan kattaroq bo‘lganlarni tozalashga mo‘ljallangan. Konveyerning kengligi 500 mm. Quvvati 1 kVt. Ish unumdorligi esa 0,004 m/s gachadir.


Saralash va yuvish uchun mashinalar tanlash

Saralash uchun tanlangan elaklar va boshqa apparatlarning turlari va o‘lchamlari talab qilinayotgan ish unumdorligi, saralash materialiga qo‘yilgan sifat va natijaviy mahsulotning fraksiyalari soniga qarab tanlanadi.


Ikkita turli tebratuvchi elaklarda maydalangan material yirikligi bo‘yicha bir necha navlarga bo‘linadi: markazi siljigan yoki inersion. Materialdan to‘rt xil yoki undan ko‘proq navini olish uchun bir yoki ikkita turli elaklarni o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi, uchta turli elaklarni ishlatish juda qiyin bo‘ladi.
Markazi siljigan elaklar, o‘lchami 50-60 mm bo‘lgan materiallarni yaxshi saralaydi, inersion elaklar esa ko‘proq mayda, o‘lchamlari 40-50 mm bo‘lganlarini.
Tebratuvchi elaklar, sement zavodlarida ho‘l qorishmalarni elash uchun qo‘llaniladi.
Qum va toshlarni yuvish uchun drajli qum yuvgichlar va parrakli tosh yuvgichlar ishlatiladi. Kamerali, spiralli va konussimon saralagichlarda, qumlarni saralash va gidravlik yuvish amalga oshiriladi.
Gidravlik saralagichlar materiallarni ho‘l ravishda maydalab (kukunlab), talab qilinayotgan maydalikdagi kukun zarrachalarini olishda qo‘llaniladi. Gidromexanik saralagichlar materiallarni yuvishda va ularni boyitishda ishlatiladi.
Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar

  1. Xavoli separatorlarni tavsiflab bering.

  2. Gidravlik saralagichlarning turlari ayting?

  3. Gidromexanik saralash turlari va ishlashini ayting.

  4. Magnitli separatorlar turlari va ishlash asoslarini tushuntiring.

  5. Havo va gazlarni changdan tozalovchi apparatlar ishlashi va turlarini ayting.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling