ma’ruza: arab alkimyosi ajratilgan vaqt – soat
Kimyogar olim falsafa toshini olish jarayoni
Download 2.21 Mb.
|
portal.guldu.uz-Taqdimot 2 Arab alkimyosi
Kimyogar olim falsafa toshini olish jarayoniАrаblаr 670-yildа Xristiаn dunyosining eng yirik shаhri Kоnstаntinоpоlni o`z flоtlаri bilаn qаmаl qilishgаndа ulаrning kеmаlаri suv bilаn o`chmаydigаn kimyoviy аrаlаshmа bilаn yoqib yubоrildi vа ulаr “khemeia” ning birinchi аmаliy оqibаtini o`z tеrilаridа sinаb ko`rishdi. Bundаn xulоsа chiqаrib o`zini o`nglаb оlgаn аrаblаr kеyingi bеsh аsr dаvоmidа аlkimyoni o`z nаzоrаtlаrigа оlishdi.
Yevropada Gerber nomi bilan tanilgan Jobir Ibn Hayyom (721-815) Bag’doddagi Platon va Aristotelga o’xshab o’z alkimyoviy maktabini ochdi.
Boshqa arab alkimyogari Ar-Roziy Abu Bakr Muhammad Ibn Zakariyo (865-925) o’rta Sharqda tabiiy fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. U gips olishni, gipsdan singan suyaklarni tuzatish uchun bog’ichlar tayyorlashni ko’rsatdi. U surma metalni birikmalardan ajratib xossalarini o’rgandi. Ar-Roziy kimyo tarixida birinchi bo’lib, moddalarni uch toifaga – yer (mineral), o’simlik va hayvon moddalariga ajratdi. U optik meditsina va falsafa bilan yaxshi tanish bo’lgani uchun uning atomizmi Demokrit atomizmiga yaqin edi, lekin u ochiq alkimyoviy pozitsiyalardan voz kechmagan edi. Ar-Roziy tabobatda ko’proq zafar quchdi. Amalda, birinchi bo’lib, chechakka qarshi emlashni qo’lladi.
Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling