U kimyo fanida birinchi marta kimyoviy jarayonlarni tezlashtirish va reaksiyaga kirishgan moddalarni ularning dastlabki holatiga qaytarish mumkinligini isbotladi. Dastlab kimyoviy asbob-uskunalardan: kolba, piyola, kimyoviy idishlar, qisqich, stakan, egov, voronka, hovoncha, suv va qum hammomlari, isitish pechlari, sochli va to’qima filtrlar, qayta kristallash uchun shisha idishlar haqida „Alkimyoga oid 12 kitob“ asarida ma’lumot yozib qoldirgan. Atomistik nazariya bilan Aristotelning birlamchi materiya haqidagi ta’limotini birlashtirgan kishi ham Roziydir. Uning fikricha, atomlar ma’lum o’lchamlarga ega, o’zgarmas va ular orasidagi bo’shliqlardan iboratdir. - U kimyo fanida birinchi marta kimyoviy jarayonlarni tezlashtirish va reaksiyaga kirishgan moddalarni ularning dastlabki holatiga qaytarish mumkinligini isbotladi. Dastlab kimyoviy asbob-uskunalardan: kolba, piyola, kimyoviy idishlar, qisqich, stakan, egov, voronka, hovoncha, suv va qum hammomlari, isitish pechlari, sochli va to’qima filtrlar, qayta kristallash uchun shisha idishlar haqida „Alkimyoga oid 12 kitob“ asarida ma’lumot yozib qoldirgan. Atomistik nazariya bilan Aristotelning birlamchi materiya haqidagi ta’limotini birlashtirgan kishi ham Roziydir. Uning fikricha, atomlar ma’lum o’lchamlarga ega, o’zgarmas va ular orasidagi bo’shliqlardan iboratdir.
- Bag’dodga ilm orttirish uchun kelganida asta-sekin tabobatga bo’lgan qiziqish orta boradi va uni o’rganib o’z zamonasining Jolinusi bo’lib yetishadi. Roziy Bag’dod poytaxt kasalxonasiga mudir qilib tayinlangan.
- Beruniyning yozishicha, Roziy o’zidan keyin tabobatga oid 56 ta, tabiiyotga oid 93 ta, kimyoga oid 22 ta, falsafaga oid 17 ta, matematika va astronomiyaga oid 10 ta, mantiqqa oid 7 ta, asarlarning sharhi va qisqartmasiga oid 7 ta, ilohiyotga oid 14 ta, metafizikaga oid 6 ta, dahriylikka oid 2 ta va boshqa fanlarga oid 10 ta - hammasi bo’lib 184 ta asar yozib qoldirgan.
Hozirgi vaqtda Beruniy va Roziyning falsafiy va ilmiy-uslubiy nuqtai-nazarlarining yaqinligi uzil-kesil isbotlangan. Masalan, Beruniy „Farmakognoziya“ (Kitob as-Saydana) nomli asarida ko’rsatishicha, Roziyning "Kitob al-hoviy", "Kitob al-saydana", „Kitob al-abdol“, „Kitob al-ag’ziya“, „At-Tibb al-mulukiy“ va „Al-Kutib al-isno ahara“ nomli asarlariga eng ishonarli va e’tiborli birinchi manba sifatida tayangan, hamda ulardan iqtibos qilgan. - Hozirgi vaqtda Beruniy va Roziyning falsafiy va ilmiy-uslubiy nuqtai-nazarlarining yaqinligi uzil-kesil isbotlangan. Masalan, Beruniy „Farmakognoziya“ (Kitob as-Saydana) nomli asarida ko’rsatishicha, Roziyning "Kitob al-hoviy", "Kitob al-saydana", „Kitob al-abdol“, „Kitob al-ag’ziya“, „At-Tibb al-mulukiy“ va „Al-Kutib al-isno ahara“ nomli asarlariga eng ishonarli va e’tiborli birinchi manba sifatida tayangan, hamda ulardan iqtibos qilgan.
- Uning „Sirlar kitobi“ nomli kimyoga bag’ishlangan asaridagi fikriga qaraganda, falsafa, mantiq va boshqa aniq fanlardan chuqur bilimga ega bo’lgan buxorolik olim Muhammad ibn Yunus uning yaqin do’sti va sevimli shogirdi bo’lgan. Roziy kimyoga bag’ishlangan asarlarini ham asosan shu shogirdiga atab yozgan.
- Roziy hayoti va ijodini o’rganish va uni xotirlash borasida o’tgan asrda bir qancha kongress va yubileylar o’tkazildi. Jumladan, 1913-yili Londonda Roziyga bag’ishlangan xalqaro tibbiyot kongressi, 1932-yili Parijda uning 1000 yillik yubileyi o’tkazildi. 1965-yilga kelib jahon jamoatchiligi Roziy tug’ilgan kunning 1100 yilligini keng nishonladi. Eron, Pokistonda va O’zbekistonda olimlar Roziy hayoti va ijodini aks ettuvchi bir qator risola va maqolalar yozdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |