ma’ruza: arab alkimyosi ajratilgan vaqt – soat


Fanlarning bu sinflanishi o’z davrida ilmiy bilimlarni tizimlashtirishning mukammal shakli bo’lib, bilimlarning keyingi rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi


Download 2.21 Mb.
bet7/19
Sana09.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1695714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
portal.guldu.uz-Taqdimot 2 Arab alkimyosi

Fanlarning bu sinflanishi o’z davrida ilmiy bilimlarni tizimlashtirishning mukammal shakli bo’lib, bilimlarning keyingi rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi.

  • Fanlarning bu sinflanishi o’z davrida ilmiy bilimlarni tizimlashtirishning mukammal shakli bo’lib, bilimlarning keyingi rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi.
  • Forobiyning falsafiy qarashlari avvalambor Aristotel ta’limotini neoplatonizmdan tozalash, sof aristotelizmni tiklash va ilmiy yutuqlar asosida rivojlantirish edi. Borliqning kelib chiqishi haqida Fo­robiyning al-Istiqsot ta’limoti materialistik mazmundan iborat. Bunga ko’ra mavjudot 4 unsur: tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topadi; osmon jismlari ham yer jismlari ham shu unsurlarning birikushidan vujudga keladi. Moddiy jismlarning farq qilishiga sabab ularning ibtidosidagi unsurlarning turlicha bo’lishidir. Masalan, olov-issiqlik sababi, suv-sovuqlik va namlik, tuproq - qattiqlik sababi va hokazo. Forobiy butun mavjudotni sabab va oqibat munosabatlari bilan bog’langan 6 darajaga bo’ladi. Shu o’rinda buyuk yurtdoshimizning alkimyoga oid bir fikrini eslatib o’tish lozim: o’sha paytda ma’lum bo’lgan 6 ta metallarni bir turkumga kiritib, „Ularni bir-biriga aylantirish mumkin, bu metallar bir-biridan qattiqligi, yumshoqligi, rangi, quruq va ho’lligi bilan ozgina farq qiladi“,- degan alkimyoviy qarashlarni himoya qilgan.
  • Forobiy bilishning ikki bosqichini-hissiy va aqliy bilish farqini ko’rsatib bergan. Forobiy „Aql ma’nolari haqida“ risolasida aql masalasini chuqur talqin qiladi, u aql bir tomondan ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan tashqi ta’sir - ta’lim-tarbiyaning natijasi deb o’rgatadi.

Abu Bakr Roziy

Abu Bakr Roziy

  •  Ilk o’rta asr Sharqi fanining eng yirik namoyandalaridan biri Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Ar-Roziy (865-925 yy.) o’sha davr fanining barcha sohalariga oid 180 dan ortiq asarlari bi­lan jahon fanini yuqori bosqichga ko’targan olimlardan hisoblanadi. U yoshligidan adabiyot va musiqa bilan shug’ullangan, keyinchalik Roziy falsafa, matematika, geografiya, astronomiya va kimyo fanlarini o’rgangan. Yoshi ancha katta bo’lib qolgandan keyin tabobat bilan ham shug’ullangan. Kimyo tarixida birinchi marta Roziy moddalarni uch qismga bo’ladi: - mineral moddalar, o’simlik moddalari, hayvonot moddalari.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling