Ma’ruza biosfera–global ekotizim reja
Ushbu energiya quyidagilarga sarflanadi
Download 27.42 Kb.
|
8-ma`ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- A) Quruqlik biomassasi.
Ushbu energiya quyidagilarga sarflanadi:
-atmosfera, gidrosfera va litosferadagi sodir bo’ladigan fizik va kimyoviy jarayonlarga; -havo massalarining aralashuviga; -suvning bug’lanishiga; -gazlarning ajralishi va singishiga; -moddalarning erishiga. Umuman Yerdagi har qanday jarayonlarning manbai va boshlanishi quyosh enyergiyasi hisoblanadi. Enyergiyaning aylanishi moddalarning aylanishi bilan chambarchas bog’liq. Moddalar kichik (biologik) va katta doiralarda (geologik) aylanadi. Biologik quruqlikda tuproq bilan organizm o’rtasida, gidrosferada esa organizm bilan suv o’rtasida sodir bo’ladi. Geologik modda aylanish quruqlik bilan Dunyo o’rtasidagi jarayondir. Demak, biosfera yaxlit, bir butun hosila ekanligi ravshan. Biosferadagi tirik moddalar (organizmlar) ning umumiy massasi biomassa deyiladi. Hozirgi vaqtda er sharida yashaydigan barcha tirik organizmlarning 2 milliondan ortiq tur mavjud bo’lib, shundan 1,5 millionga yaqin turi hayvonlarga va 500 mingga yaqini esa o’simliklarga xosdir. Shu turlarning 93 % quruqlikda, 7 % esa suvda hayot kechiradi. Okeanlar er yuzining 70 % ni egallaganiga qaramay, er biomassasining 0,13 % ni hosil qiladi. O’simliklar ma’lum bo’lgan organizm turlarining 21% ni er biomassasining 99 % dan ortig’ini tashkil etadi. Hayvonlar turlari barcha organizmlarning 70 % ni hamrab olganiga qaramay ularning biomassadagi hissasi 1 % dan kamroqdir. Hayvonlardan 96 % umurtqasizlar va 4 % ni esa umurtqalilardan iborat. Umurtqalilarning faqat 10 % sut emizuvchilarga to’g’ri keladi. Tirik moddalar o’zining massasiga ko’ra o’lik moddalarning 0,01-0,02 % nigina tashkil etsa ham lekin biosferaning asosiy funktsiyalarini amalga oshirishda roli kattadir. A) Quruqlik biomassasi. Quruqlik yuzasining turli hududlarida biomassa miqdori bir xil emas. Turli o’simliklar hosil qiladigan biomassa miqdori va uning sifati bir xil emas. Bu biomassa miqdori gektariga 42-137 tsentnerni tashkil etadi. Download 27.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling