Ma‘ruza Boshlang’ich ta’limda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish


Shuningdek masalalar еchimini topishga doir syujetli tasvirlar (video roliklar) sonli ifodalarnning qiymatini topishga, shuningdek, harfli ifodalar bilan tanishtirishga ham yordam beradi


Download 11.29 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi11.29 Kb.
#1604982
1   2   3   4
Bog'liq
Ma‘ruza 3 taqdimot

Shuningdek masalalar еchimini topishga doir syujetli tasvirlar (video roliklar) sonli ifodalarnning qiymatini topishga, shuningdek, harfli ifodalar bilan tanishtirishga ham yordam beradi.

«Ifoda», «Ifodaning qiymati» atamalari ikkinchi sinfda kiritiladi. Shu vaqtdan boshlab topshiriqlar ushbu shaklda beriladi: «Ifodani yoz va uning qiymatini hisobla», «Ifodalarni taqqosla», «Ifodani oʻqi», «Berilgan masala boʻyicha ifoda tuz». «Berilgan ifoda boʻyicha masala tuz» va hokazo.

Bunday koʻrinishdagi topshiriqlarning bajarilishini jadval koʻrinishida ifodalash mumkin. Masalan, agar s=16, 33, 48, d=14, 15, 8 boʻlsa, s+d va s—d ifodalarning qiymatlarini toping.

Daftarda jadval koʻrinishida yoziladi:

Ushbu jadvalni toʻldiring:

Birinchi qoʻshiluvchi b bir xil qiymatlarni qabul qilishini aniqlaganlaridan soʻng bolalar b+d yig’indi oʻrniga 37+d ifodani yozib, ikki grafali jadvalga oʻtadilar.

Tengliklar, tengsizliklar va tenglamalar haqidagi tushunchalar oʻzaro bog’lanishda ochib beriladi. Ular ustidagi ish I sinfdan boshlab, arifmetik materialni oʻrganish bilan uzviy qoʻshib olib boriladi. I-II sinflarda sonli tenglama va tengsizlik haqida boshlang’ich tasavvurlar shakllantiriladi. Tenglik va tengsizliklar haqidagi birinchi tasavvurlarni bolalar tayyorgarlik davridayoq oladilar.

Oʻqituvchi. «Men hozir doirachalar tagiga kvadratchalar qoʻyaman, men kvadratchalardan koʻp qoʻyamanmi yoki kam qoʻyamanmi?» Har bir doirachaning tagiga kvadratchani qoʻyadi.

Bolalar koʻzlari bilan har bir kvadratchaga doirachani mos qoʻyadilar va kvadratchalar doirachalardan kam ekanligini aniqlaydilar («Katta», «teng» tushunchalari ham shunga oʻxshash shakllantiriladi).

Doirachalar qancha boʻlsa, kvadratchalar shuncha boʻlishi uchun nima qilish kerak (Birinchi usulni bolalar tez topadilar)?

Yana kvadratchalar qoʻyish kerak. Har bir doirachaning tagida kvadratcha turibdi, demak, ular teng.

Doirachalar va kvadratchalarni yana qanday tenglashtirish mumkin?


Download 11.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling