Ma‘ruza Boshlang’ich ta’limda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish


Download 11.29 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi11.29 Kb.
#1604982
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma‘ruza 3 taqdimot

Ma‘ruza 3. Boshlang’ich ta’limda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. G.Yuldasheva

REJA


Algebraik va geometrik materiallarni oʻrgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Ulushga ko‘ra butunni, butunga ko‘ra ulushni topishga doir masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Sodda va murakkab masalalarni yechishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.

Ma‘lumki oʻquvchilarda matematika darslarida raqamli axborotlardan koʻra tasviriy axborotlar muhim hisoblanadi. Zero matematik bilimlarni (masalan har xil modellar, grafiklar, diagrammalar, grafiklar) va geometrik bilimlar (geometrik figuralarni) ni tasviriy axborotlarsiz ya‘ni, tasvirlarsiz oʻrgatish mumkin emas.

Algebraik materiallarni oʻrgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.

Boshlang’ich sinflar dasturida algebra materiali mustaqil boʻlim sifatida ajratilmagan. Boshlang’ich matematika kursida algebra elementlarini oʻrganish arifmetikani oʻrganish masalalari bilan uzviy bog’liqdir.

Hozir amal qilinayotgan dasturga muvofiq oʻquvchilar matematik ifodalar, sonli tengliklar va tenglamalar haqida boshlang’ich ma‘lumotlar olishlari lozim, harfiy simvolika (belgilash), oʻzgaruvchi bilan tanishishlari, eng sodda tenglama va tengsizliklarni еchishni oʻrganishlari kerak.

Boshlang’ich sinflarda oʻquvchilar bilan tenglik, tengsizlik, tenglama kabi matematik ifodalar (sonli ifoda va oʻzgaruvchili ifodalar) haqidagi tushunchalarni shakllantirish boʻyicha rejali ish olib boriladi. Bu tushunchalarning hammasi oʻzaro uzviy bog’langandir.

Oʻquvchilarda tenglik va tengsizlik tushunchalarini shakllantirish boʻyicha bajariladigan ishlar tenglamalar еchish va masalalarni tenglama tuzish yoʻli bilan еchishni kiritish uchun tayyorgarlik boʻlib xizmat qiladi.

Sonli ifodalarning qiymatini topishga doir misol va masalalar birinchi sinfdan boshlab oʻrganiladi. Abatta sonli ifodalarning qiymatini topish yuzasidan misollar dastlab tasvirlar koʻrinishida tushuntiriladi. Tasvirlarni namoyish qilishda axborot texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 11.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling