Oʻqituvchi bolalarni ortiqcha kvadrat doirachalarni olib tashlash kerak degan fikrga olib keladi. Keyingi topshiriqlarda figuralar ixtiyoriy tartibda terilgan. Oʻquvchilar figuralarni surib, bir-birining tagiga keltirish mumkinligini topadilar va xulosa chiqaradilar. Nihoyat, figuralarni koʻchirish mumkin boʻlmagan holat yaratiladi. Plakatning turli qismlarida qizil uchburchaklar va koʻk doirachalar joylashtirilgan. Nihoyat, figuralarni koʻchirish mumkin boʻlmagan holat yaratiladi. Plakatning turli qismlarida qizil uchburchaklar va koʻk doirachalar joylashtirilgan. Qaysi figuralar koʻp? Bolalar uchlariga plastilin yopishtirilgan ipchalar yordamida figuralarni tutashtirib, bunday xulosa qiladilar: ―figuralar teng». Bu bosqichda toʻplamlarni taqqoslash sanoq bilan olib borilmasligini oʻqituvchiga aytib oʻtamiz. Narsalarni koʻrib qabul qilish «katta», «kichik», «teng» tushunchalarini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Miqdorlarni taqqoslash oʻquvchilarda qiyinchilik tug’diradi, shuning uchun II — IV sinflarda axborot texnologiyalari yordamida rang-barang mashqlarni muntazam taklif qilish oʻquvhilar qiziqishini orttiradi. Tenglamalarni еchish. Boshlang’ich sinflarning matematika dasturiga muvofiq ravishda II sinfdan boshlab tenglamalar tanlash usuli bilan еchiladi. Bu vaqtga kelib bolalar noma‘lum qoʻshiluvchini, kamayuvchini, ayriluvchini, koʻpaytuvchini, boʻlinuvchini, boʻluvchini topish qoidalarini yaxshi ozlashtirganlar. Biroq noma‘lum komponentni amallarning komponentlari va natijasi orasidagi bog’lanish asosida topish 10 ichidagi sonlar ustida kiritiladi. 4+x=7 tenglamani shu usul bilan еchilishini koʻrib chiqamiz. Katakli taxtachada yozuv terilgan. 4 soniga noma‘lum sonni qoʻshdik va 7 ni hosil qildik. Noma‘lum qoʻshiluvchini qanday topish mumkin? (4 ta doiracha chiziladi, faqat berkitilgan doirachalar qoladi. Aytilayotgan qoida matematik yozuv bilan qayd etiladi: x=7—4 (x=3) Tenglama еchilishining umumiy yozuvi doskada va oʻqituvchilarning daftarlarida yoziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |