Ma'ruza bo'yicha savollar Sportda axborot taminoti fanining vazifasi nimalardan iborat?


"Ziyonet" nima? Unga qachon asos solingan?


Download 139.68 Kb.
bet8/11
Sana08.01.2022
Hajmi139.68 Kb.
#254726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Maruza mavzusi boyicha savollarga yozma javob bering

"Ziyonet" nima? Unga qachon asos solingan?


ZiyoNET — Oʻzbekistondagi jamoat axborot taʼlim tarmogʻidir.

ZiyoNET jamoat axborot taʼlim tarmogʻi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning 2005-yil 28-sentyabrdagi PQ-191-sonli „Oʻzbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmogʻini tashkil etish tơgʻrisida“gi Qaroriga muvofiq tashkil topgan.

12.Sanoq sistemasi deb nimaga aytiladi?


Sanoq tizimi - sonlarni maxsus belgilar (raqamlar) toʻplami yordamida yozish usuli. Sanoq tizimining pozitsion va nopozitsion koʻrinishlari mavjud.

13. Hisoblash texnikasining rivojlanish bosqicnlari deganda nimani tushunasiz?


Hisoblash texnikasi rivojlanishining tarixi va asosiy bosqichlari. 
Hisoblash texnikasining rivojlanishi hozirgi davrdagi yuksak darajaga 
yetguncha u juda katta taraqqiyot jarayonini boshidan o`tkazdi. Bu taraqqiyot 
jarayonini ko`rib chiqqanimizda bir o`rinli savol xosil bo`ladi - qanday konkret 
muammolar hisoblash texnikasining rivojlanishiga sabab bo`ldi va nima sababli 
hisoblash texnikasining xilma xil vositalari paydo bo`ldi? Bu texnokratik 
rivojlanish jarayoni qanday asosiy  bosqichlardan iborat bo`lgan? 
Hisoblash texnikasining rivojlanishi tarixini shartli ravishda to`rt katta 
davrga bo`lishimiz mumkin. 
1. Mexanik hisoblash qurilmasigacha bo`lgan davr uzoq o`tmishdan 
boshlanib, to 17 asr boshlarigacha davom etgan. Bunda har qanday hisoblash 
asbobi alohida raqam razryadlariga ega bo`lgan. Hisoblash jarayonini ma’lum 
holatda tosh, yog`och yoki jetonlarni o`rnashtirib turib amalga oshirishni qadimgi 
rimliklar "kalьkulyar" degan lotin so`z bilan atashgan. 
2. Mexanik qurilmalar davri - 17 asr boshlaridan 19 asr oxirigacha davom 
etgan. 1623 yil ingliz olimi V.Shikkard birinchi bo`lib oddiy qo`shish va olish 
amalini bajara oladigan mexanik hisoblash mashinasini yaratdi. Lekin bu mashina 
tor doiradagi insonlar uchungina ma’lum bo`lib, keng tarqalmadi. Shuning uchun 
ham bizgacha yetib kelgan birinchi mexanik hisoblash mashinasi 1641 yili 
frantsuz olimi B.Paskal tomonidan yaratilgan jamlash mashinasi bo`lib, u ikki 
amalni – qo`shish va ayirish operatsiyasini bajara olardi. 1673 yili nemis olimi 
Gotfrid Leybnits tomonidan to`rt arifmetik amalni bajara oladigan, yaqingacha 
hamma joyda keng foydalanib kelingan arifmometr yaratildi. Bu hisoblash 
mashinalari ichida qulayrog`idir. 19 asr 90-chi yillarining boshida Peterburglik 
olim V.T.Odner tomonidan juda qulay mexanizm yaratilib, unga arifmometr 
"FЕLIKS" nomi berildi. 20 asrning birinchi choragida bu mashinalar asosiy 
hisoblash mashinalari bo`lib hisoblanardi. 
3. Elektromexanik mashinalar davri 19 asr oxiridan 20 asr o`rtalarigacha 
bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Elektrotexnikaning rivojlanishi hisoblash 
mashinalarida inson jismoniy mehnati o`rniga elektr energiyani qo`llashga olib 
keldi. 
Elektromexanik mashinalar bilan bir vaqtda yangi mashina turlari, 
hisoblash - analitik mashinalari paydo bo`lib, ularda hisoblash operatsiyalari 
bajarilib, avtomatik usulda natijalar taqqoslanilib, taxlil qilinish imkoni yaratildi. 

Download 139.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling